Konchilar Kasaba uyushmalari kunini nishonladilar
Nashr qilingan sana: 08.11.2024 15:45:29
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlab bir qator ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi.
8 noyabr kuni Angren shahridagi “Zamin – 2” majmuasida asosiy bayram tadbirni tashkil etildi.
Unda “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori V.V.Kuznetsov, bosh muhandis Z.Inomxo‘jayev, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi bosh mehnat inspektori S.Saidmahmudov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyat Kengashi vakili S.Erbo‘taev, aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Qayumov va boshqalar so‘z olib, yig‘ilganlarni bayram bilan qutladilar.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimida bugungi kunda olti ming nafarga yaqin xodim mehnat qilmoqda. Keyingi besh yilda ko‘mir qazib olish sur’atlari 3,7 milliondan 6 million tonnaga yetkazildi. Tadbirda jamiyat kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan xodimlar manfaatlarini ta’minlash yo‘lida bir qator xayrli ishlar olib borilayotgani alohida ta’kidlandi.
Jarayonda jamiyat kasaba uyushmalari faollari va a’zolarning katta guruhiga O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyat Kengashi hamda “O‘zbekko‘mir” AJ rahbariyati tomonidan Faxriy Yorliq tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Kasaba uyushmalari faollarining kichik guruhi III darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bayramona to‘kin dasturxon atrofida o‘tkazilgan bayram tadbirida xushovoz xonanda Gulzoda Xudoynazarova ijrosidagi dilrabo qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Ne’mat Dushaev,
“O‘zbekko‘mir” AJ matbuot kotibi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Yong‘in xavfsizligi qoidalari targ‘ib qilinmoqda
Respublikamizda 15-noyabrdan boshlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-...
O'qishDavlat xizmatchisiga tadbirkorlik taqiqlanadi
Shu yilning 6-dekabr kunidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiradi. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyador...
O'qishIste'molchi murojaati joyida ijobiy hal etildi
Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masala...
O'qishRespublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Yon...
O'qish