Konchilar Kasaba uyushmalari kunini nishonladilar
Nashr qilingan sana: 08.11.2024 05:45:29
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlab bir qator ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi.
8 noyabr kuni Angren shahridagi “Zamin – 2” majmuasida asosiy bayram tadbirni tashkil etildi.
Unda “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori V.V.Kuznetsov, bosh muhandis Z.Inomxo‘jayev, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi bosh mehnat inspektori S.Saidmahmudov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyat Kengashi vakili S.Erbo‘taev, aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Qayumov va boshqalar so‘z olib, yig‘ilganlarni bayram bilan qutladilar.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimida bugungi kunda olti ming nafarga yaqin xodim mehnat qilmoqda. Keyingi besh yilda ko‘mir qazib olish sur’atlari 3,7 milliondan 6 million tonnaga yetkazildi. Tadbirda jamiyat kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan xodimlar manfaatlarini ta’minlash yo‘lida bir qator xayrli ishlar olib borilayotgani alohida ta’kidlandi.
Jarayonda jamiyat kasaba uyushmalari faollari va a’zolarning katta guruhiga O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyat Kengashi hamda “O‘zbekko‘mir” AJ rahbariyati tomonidan Faxriy Yorliq tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Kasaba uyushmalari faollarining kichik guruhi III darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bayramona to‘kin dasturxon atrofida o‘tkazilgan bayram tadbirida xushovoz xonanda Gulzoda Xudoynazarova ijrosidagi dilrabo qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Ne’mat Dushaev,
“O‘zbekko‘mir” AJ matbuot kotibi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

O‘quv markazi – milliy liboslar bilan
Milliy liboslar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi O‘quv markazi jamoasi ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va bugungi ish kun...
O'qish
Energiya samaradorligi – strategik vazifa
“O‘zbekko‘mir” AJda energiya resurslarini tejash va yo‘qotishlarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Jamiyat bosh direktori o‘rinbosar...
O'qish
Xodimlar fikri: halollik, adolat va korrupsiyaga munosabat – raqamlarda
“O‘zbekko‘mir” AJning https://t.me/uzbekcoaluz Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali 2025-yil 15-19-iyul kunlari o‘tkazilgan anonim so‘rovnomada ishtirok etgan xodimlar:...
O'qish
Jamiyatda halollikni ta’minlash – barchamizning burchimiz!
Korrupsiya masalasi dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammolardan biridir. Bu muammo har qanday davlat va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy...
O'qish