Ko‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Nashr qilingan sana: 30.04.2024 19:24:04Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor, muammo va kamchiliklar ham kuzatildi. Xo‘sh, joriy 2024-2025 yillar mavsumida qanday bo‘ladi? Aholi va budjet tashkilotlari ko‘mir mahsuloti bilan o‘z vaqtida ta’minlanadimi? “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati va uning tasarrufidagi respublika hududiy ko‘mir omborlarida mavsumga qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda, xususan aholi va budjet tashkilotlari uchun ortib yuborilgan ko‘mir mahsulotini qabul qilib olish, saqlash va manzilli tarqatishda ko‘mir korrupsiyaviy holatlar kuzatilmaydimi? Bu borada galdagi muhim vazifalar nimalardan iborat?
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 29-aprel uni o‘tkazilgan o‘tkazilgan yig‘ilishda yuqoridagi savollarni o‘z ichiga olgan qator masalalar ko‘rib chiqildi. Unda “Ko‘mir ta’minot” MChJ viloyat filiallari va ular tasarrufidagi hududiy ko‘mir omborlari mas’ullari ishtirok etdilar.
Aksiyadorlik jamiyatining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat xizmati rahbari Erkin Amanov olib borgan tadbirda 2023/2024 yillar kuz-qish mavsumidagi soxa faoliyati tahlil qilindi. Ta’kidlandiki, so‘nggi yillarda respublikada ijtimoiy soha ob’ektlari va aholining ko‘mir mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo ayrim hollarda ko‘mir mahsulotini iste’molchilarga yetkazish va tarqatishda yoki ularni tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan foydalanishda yashirin ravishda oz miqdorda talon-taroj qilish holatlari uchrab turganligi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
O‘tgan mavsumda “Ko‘mir ta’minot” MChJga qarashli qator hududiy ko‘mir omborlarining mas’ul xodimlari tomonidan aholi va ijtimoiy soha ob’ektlari uchun berilishi lozim bo‘lgan ko‘mir mahsulotlarini talon-taroj qilish holatlarining huquq-tartibot organlari tadbirlari natijasida oshkor etildi. Bunday achinarli holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ko‘mir mahsulotlari talon-taroj qilinishiga butkul barham berish zarurligi uqdirib o‘tildi. Zero, bugungi kunda mamlakatimizda ko‘mir mahsulotlarini talon-toroj qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda.
Shu o‘rinda E.Amanov barchaning e’tiborini joriy yilning 22-aprel kuni Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan Ekologik partiya fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rilgan masalaga qaratdi. Ushbu yig‘ilishda “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama etildi. Mazkur qonun loyhasida ko‘mir mahsulotlari talon-taroj qilinishiga bartaraf etish va ularga ta’sirchan choralar ko‘zda utilmoqda, ya’ni ko‘mir mahsulotlarini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish kabi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda, dedi u jumladan. Vaholanki, amaldagi qonunchilikda bunday javobgarliklar mavjud emas edi.
Ta’kidlandiki, bundan buyon ko‘mir mahsuloti talon-taroj qilish fakti aniqlanganida holat bo‘yicha nafaqat ko‘mir omborlari xodimlari va mas’ullari, balki yetarli nazorat qilmagani uchun yuqori turuvchi mas’ul mansabdorlar ham birday javob beradi. Shuningdek, ko‘mir mahsulotlari og‘irligini sun’iy ravishda oshirish maqsadida boshqa turdagi mahsulotlarni aralashtirayotganlarga nisbatan ham javobgarlik ko‘zda tutilmoqda.
Yig‘ilishda filiallar va ko‘mir omborlari mas’ullari korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ushbu illatga qarshi keskin kurashish lozimligi yuzasidan jiddiy ogohlantirildilar. Barchaga ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga korrupsiyaga qarshi kurashga oid “Qo‘shimcha kelishuv” bandlari kiritilgani eslatib o‘tildi. Ayni paytda “Qo‘shimcha kelishuv”ning mazmun-mohiyatini yana bir bor tushuntirildi.
Korrupsiya – illat va unga qarshi kurashish barchaning ishidir. Yig‘ilishda “Ko‘mir ta’minot MChJ direktori S.Umarov va so‘zga chiqqanlar aholi va budjet tashkilotlarini sifatli mahalliy ko‘mir bilan o‘z vaqtida ta’minlash mas’uliyatli va sharafli vazifa ekanligini xususida so‘z yuritdilar. Tanish-bilishchilik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga murosasiz bo‘lish, bunday salbiy holatlar kuzatilsa, darhol xabar berish muhimligi, jamoada sog‘lom muhitni shaklantirish uchun bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish bo‘yicha o‘z taklif mulohazalarini bildirdilar.
Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama etilib, tegishli qaror qabul qilindi.
–
Ne’mat Dushaev,
“O‘zbekko‘mir” AJ matbuot kotibi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Yong‘in xavfsizligi qoidalari targ‘ib qilinmoqda
Respublikamizda 15-noyabrdan boshlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-...
O'qishDavlat xizmatchisiga tadbirkorlik taqiqlanadi
Shu yilning 6-dekabr kunidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiradi. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyador...
O'qishIste'molchi murojaati joyida ijobiy hal etildi
Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masala...
O'qishRespublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Yon...
O'qish