Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
Nashr qilingan sana: 04.12.2024 02:37:319-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibiy tuzilmalarida e’lon qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi” mavzusida tadbir tashkil etilmoqda.
Oylik doirasidagi dastlabki targ‘ibot tadbiri 4-dekabr kuni “Qurilish-montaj ishlari”, “Kapital qurilish” va “Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi” filiallari xodimlari ishtirokida tashkil etildi.
Bugungi kunda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylangan. So‘nggi yillarda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Erkin Amanov olib borgan targ‘ibot tadbirida yurtimizda, shu jumladan, aksiyadorlik jamiyatida ushbu xavfning oldini olish choralarini ko‘rish, illatni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Ayni paytda korrupsiyaga qarshi immunitetni kuchaytirish, ushbu illatga doir holatlarga duch kelinganida tegishli joylarga darhol xabar qilish, korupsiyaviy holatlarga aralashib qolmaslik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Xuddi shunday tadbir “Tog‘-kon uskunalarini ta’miolash zavodi” filialida ham tashkil etilmoqda.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yangi g‘oyalar – yangi yutuqlarning boshlanishidir!
#Eng_yaxshi_ixtirochi_tanlovi_haqida_suhbat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyas...
O'qish
“Yoshlar oyligi” doirasida qiziqarli sport musobaqalar
2-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilayotgan sport musobaqalariga start berildi. 2-iyun kuni sportning v...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: Tiklanish va taraqqiyot yillari
Xorij matbuoti O‘zbekistonning boy foydali qazilmalari haqida ma’lumot bermoqda. Toshkent viloyatida joylashgan Angren ko‘mir havzasida nafaqat qo‘ng‘ir, balki kulrang va...
O'qish
Ko‘mir ‒ sanoatni harakatlantiruvchi kuch
«O‘zbekko‘mir» AJ qo‘ng‘ir ko‘mir qazib olish va mahalliy iste’molchilarga yetkazib berish borasida yaxshi natijalarga erishmoqda. 2024-yilda Jamiyat tomonidan 6,7 mln to...
O'qish