Ko‘mir konlari elektr bilan barqaror ta’minlanadi
Nashr qilingan sana: 31.10.2024 03:31:53“Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari” filiali jamoasi “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati korxonalariga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish, elektr tarmoqlari sozligi va nimstansiyalarning barqaror ishlashini ta’minlash faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.
Tasarrufimizda 12 nimstansiya, 50dan ziyod o‘zgaruvchan kuchlanishli liniyalarimiz bor.
Mavjud nimstansiyalarida har oyda kamida 1 marotaba rejali taʼmirlash ishlari olib borilmoqda, yuqori kuchlanishli havo liniyalarimiz esa doimiy ravishda koʻrikdan oʻtkaziladi.
Qish mavsumida nimstansiyalarimizga yuklamalar ortadi. Jamiyat tizimidagi korxonalar, xususan ko‘mir konlarida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bir maromda davom etishi ko‘p jihatdan mehnat jamoamizning g‘ayrat-shijoatiga bog‘liq. Shu boisdan ham elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lmasligi, shuningdek tarmoqlarimizga ulangan 60ga yaqin subiste’molchilarimiz ham elektr bilan barqaror ta’minlanishi choralari ko‘rilmoqda.
Qish mavsumini tayyorgarlikni jadallashtirish maqsadida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Rejaga ko‘ra, nimstansiyalar binolarini ta’mirlanishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda smeta loyihasi tayyor va ishlar davom ettirilmoqda.
Muzaffar Xudaynazarov,
“EvaTT” filiali Texnik ishlab chiqarish bo‘limi muhandis-texnoligi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yangi g‘oyalar – yangi yutuqlarning boshlanishidir!
#Eng_yaxshi_ixtirochi_tanlovi_haqida_suhbat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyas...
O'qish
“Yoshlar oyligi” doirasida qiziqarli sport musobaqalar
2-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilayotgan sport musobaqalariga start berildi. 2-iyun kuni sportning v...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: Tiklanish va taraqqiyot yillari
Xorij matbuoti O‘zbekistonning boy foydali qazilmalari haqida ma’lumot bermoqda. Toshkent viloyatida joylashgan Angren ko‘mir havzasida nafaqat qo‘ng‘ir, balki kulrang va...
O'qish
Ko‘mir ‒ sanoatni harakatlantiruvchi kuch
«O‘zbekko‘mir» AJ qo‘ng‘ir ko‘mir qazib olish va mahalliy iste’molchilarga yetkazib berish borasida yaxshi natijalarga erishmoqda. 2024-yilda Jamiyat tomonidan 6,7 mln to...
O'qish