Birdamlik, mehr va mas’uliyat bayrami
Nashr qilingan sana: 04.11.2025 19:20:50Yurtimizda jamoatchilik harakati, ayniqsa kasaba uyushmalari tizimi chuqur tarixiy ildizlarga ega. Hademay O‘zbekiston kasaba uyushma-lari harakatining 120 yilligi va Kasaba uyushmalari kuni munosib nishonlanadi. Bu sana faqatgina ushbu tashkilot faollari uchun emas, balki yurtimiz mehnatkashlari, har bir mehnatkash inson uchun qutlug‘ bayramdir.
Kasaba uyushmalari – bu inson qadri, uning mehnati, sog‘ligi va farovonligi uchun kurashadigan, mehnatkashlarning haq-huquqlarini himoya etuvchi jamoat tashkilotidir. Bu – faqat bir tuzilma emas, balki mehnatkashning ko‘ngli, uning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchidir.
“Angren ko‘mir koni” filiali kasaba uyushma qo‘mitasi ham 2020-2025-yillar davomida mamlakatimiz qonunchiligi, “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining dasturlari va jamoa shartnomasi asosida izchil faoliyat yuritdi.
Shu yillar ichida konimiz hayotida katta o‘zgarishlar, yangilanishlar kuzatildi. Oylik maoshlar o‘z vaqtida to‘lanib keldi, qarzdorlik holatlari bo‘lmadi.
Xodimlarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashdagi uzilishlar deyarli bartaraf etildi. Ko‘p yillik tajriba va jamoa mehnati tufayli korxonada sog‘lom muhitni saqlash, ishchilar uchun xavfsiz ish sharoiti yaratish, yosh mutaxassislar uchun yangi ish o‘rinlarini ochish ishlari samarali davom etmoqda.
Bugungi kunda filialimizda 1 ming 900 nafarga yaqin ishchi-xodim faoliyat yuritmoqda. Ular orasida 179 nafar ayollar va 372 nafar 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar bor. Kasaba uyushmasi faoliyatini 5 nafar saylangan faol a’zo boshqaradi. Ular mehnatni muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ommaviy dam olish tadbirlarini tashkillashtirish yo‘nalishlarida samarali ish olib borishmoqda.
Jamoa shartnomasi bandlarining aksar qismi to‘liq bajarilmoqda. Xodimlarga ta’til puliga qo‘shib moddiy yordam mablag‘lari ham berilayapti. Filialda ishchi-xodimlar va ularning oilalari uchun ham qator tadbirlar amalga oshirildi. 2020-2025-yillar mobaynida 900 nafardan ortiq ishchi farzandlari “Koinot” oromgohida dam oldi, 260 nafar ishchi sog‘lomlashtirish muassasalariga yuborildi. Boquvchisini yo‘qotgan oilalarga imtiyozli ko‘mir tarqatildi, kam ta’minlangan va keksa xodimlar ham e’tibordan chetda qolmayapti.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham katta yutuqlarga erishildi. Navro‘z umumxalq bay-rami, Xalqaro xotin-qizilar kuni, Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik kabi bayramlarda ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat jamlanmalari, bolalarga o‘quv qurollari topshirilmoqda. Ma’naviyat soatlarida xalqimiz ardoqli san’atkorlari va so‘z ustalari ishtirok etib, ishchi-xodimlarga ruhiy huzur ulashmoqda.
Shuningdek, ishchi-xodimlar sog‘lom turmush tarzini saqlashi uchun fitnes zallariga chiptalar berildi, teatr va sayohatlar tashkil etildi. Samarqand, Buxoro, Xorazm kabi tarixiy shaharlarga amalga oshirilgan sayohatlar ularning madaniy hordig‘ini ta’minladi.
Futbol, spartakiada va “Otam, onam va men” turkum musobaqalari yildan-yilga an’anaga aylanib, jamoada sport ruhini mustahkamlamoqda. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanmoqda.
Kuz-qish mavsumida ishchilarga qulay sharoit yaratish uchun hammomlar ta’mirlandi, yangi isitish tizimlari o‘rnatildi. Konga olib tushuvchi avtoulovlar yangilandi. Bularning barchasi – ishchi inson manfaati yo‘lida qilingan amaliy ishlardir. Bularning barchasi rahbariyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasining hamjihat mehnati samarasidir.
Albatta, bu yutuqlar bilan to‘xtab qolmasdan, ishchilarimiz manfaatlarini himoya qilish, ularning sog‘ligini asrash va mazmunli dam olishini ta’minlash uchun faoliyatimizni yanada kuchaytirish niyatidamiz.
“Angren ko‘mir koni” filiali “O‘zbek-ko‘mir” AJ tizimidagi eng yirik kor-xonalardan biri sifatida o‘z mehnatkashlari bilan faxrlanadi. Kasaba uyushmasi faollarini, fidoyi a’zolarimiz va jamoamizning barcha mehnatkashlarini 11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni va harakatimizning 120 yilligi munosabati bilan tabriklab, sihat-salomatlik, tinchlik, mehnat muvaffaqiyatlar tilayman.
Biz birdamlikda hamisha kuchlimiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz hamkasblar!
Bozorboy Hasanov,
O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filiali kasaba uyushmasi raisi
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish