"Dolzarb 30 kun" tadbirlari oʻtkazilmoqda
Nashr qilingan sana: 21.07.2023 06:12:47Ayni kunlarda respublikamiz boʻylab yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Ushbu tadbirlar 2023-yil 10-iyuldan 10-avgustga qadar davom etadigan "Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha "Dolzarb 30 kun" tadbiri doirasida Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining tizimosti korxona va tashkilotlarida ham tashkil etilmoqda.
"Oʻzbekkoʻmir"aksiyadorlik jamiyatida "Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari doirasida Angren shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimi masʼullari bilan hamkorlikda oʻquv-taktik mashgʻulot oʻtkazildi.
Tadbirda yongʻinga qarshi kurashish vositalaridan foydalanish, jabrlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish, yongʻin yuz berganda odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish borasida amaliy mashqlar oʻtkazilib, mutaxassislar tomonidan muhim maʼlumotlar berildi.
Yakunda jamiyatning fuqaro muhofazasi tuzilmalari cheklangan tayyor sifatida malakalandi.
Jamiyat tizimidagi korxonalarda "Dolzarb 30 kun" tadbirlari davom ettirilmoqda.
Oxirgi yangiliklar:
Yoqilg‘i-energetika sohasi: aniq maqsad va vazifalar
Mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, boshqaruv samaradorligini oshirish va bozor tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy...
O'qish
Press-tur : bozor mexanizmlari Angren ko‘mir konida qanday joriy etilmoqda?
"O‘zbekko‘mir" AJ jurnalist va blogerlarni Angren ko‘mir konidagi ishjarayonlari bilan tanishtirdi. ANGREN, 25-sentabr 2026-yil. ‒ “O‘zbekko‘mir” AJ tomon...
O'qish
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari!
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari! Sizni Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga taklif etamiz. 📅 Sana: 25.09.2026...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari jurnalistLari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni”ga press-tur tashkil etmoqda. 2026-yil 25-sentabr kuni ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist hamda blogerlar...
O'qish