Ko‘mir o‘g‘rilari sudda javob beradi
Nashr qilingan sana: 24.03.2024 23:18:02
Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan ko‘mir mahsulotini talon-taroj qilish bilan bog‘liq qator huquqbuzarliklar aniqlanmoqda.
Huquqbuzarlardan biri Karim Samadov, (ism-familiya shartli o‘zgartirilgan) 2005 yilda Angren shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, vaqtincha ishsiz, Angren shahar, Qayrag‘och ko‘chasidagi uyda yashaydi.
U 2023 yilning 29 dekabr kuni soat taxminan 01-30 atrofida “Apartak” koni hududidan 240 kg ko‘mir mahsulotini noqonuniy ravishda talon-taroj qilib olib ketayotgan vaqtida qo‘lga tushgan.
Sudda huquqbuzar K.Samadov aybiga to‘liq iqror bo‘lib, haqiqatdan ham 2023 yil 29 dekabr kuni soat taxminan 01-30 da, ko‘mir mahsulotini talon taroj qilib olib ketayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangani, ko‘mir mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olinib Angren ko‘mir koniga topshirilgani, qilgan ishidan pushaymonda ekanligini ko‘rsatib, oilaviy sharoitini inobatga olgan holda suddan yengillik berishni so‘radi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudi huquqbuzar K.Samadovga jazo tayinlashda, u tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikning ijtimoiy xavflilik darajasini, uning shaxsini, oilaviy va moddiy sharoitini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 61-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlik jazosi belgiladi.
***
Jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudi huquqbuzar Qosim Murodovga ham shu turdagi ma’muriy jazo chorasi qo‘lladi.
Huquqbuzar Q.Murodov (ism-familiya shartli o‘zgartirilgan) 1980 yilda Angren shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, vaqtincha ishsiz, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan, Angren shahar Hamza ko‘chasida yashaydi.
U 2024 yil 22 yanvar kuni soat taxminan 08-30 da “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi “Apartak” koni hududidan 200 kg ko‘mir mahsulotini noqonuniy ravishda talon-taroj qilib olib ketayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan. Ko‘mir mahsuloti dalolatnoma asosida ortga qaytarilib, to‘plangan ma’muriy hujjatlar esa sudga oshirildi.
Sud Q.Murodovga nisbatan jazo huquqbuzar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikning ijtimoiy xavflilik darajasini, huquqbuzar shaxsi, uning oilaviy va moddiy sharoitini inobatga oldi.
***
2024 yil 22 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudining ochiq sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi MJtK 61-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan fuqaro Qodir Qahramonovga nisbatan to‘plangan ma’muriy ish hujjatlari ko‘rib chiqildi.
Q.Qahramonov (ism-familiya shartli o‘zgartirilgan) 1979 yilda Angren shahrida tug‘ilgan, millati tojik, o‘zbek tilini yaxshi biladi, ma’lumoti o‘rta-maxsus, oilali, vaqtincha ishsiz, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmagan, Angren shahar, N.Ikromov ko‘chasidagi uyda yashaydi.
Huquqbuzar Q.Qahramonov 2024 yil 11 fevral kuni Toshkent viloyati “Apartak” koni hududidan 600 kg. miqdorida ko‘mir mahsulotini o‘zining boshqaruvidagi “Labo” rusumli avtotransport vositasida noqonuniy ravishda talon-taroj qilgan holda olib ketayotgan vaqtida IIB bo‘limi xodimlari tomonidan ushlangan.
Sud majlisida so‘roq qilingan huquqbuzar Q.Qahramonov aybiga to‘liq iqror bo‘ldi, qilgan ishidan pushaymonligini, bu kabi holatlar boshqa takrorlanmasligini, moddiy sharoiti og‘irligini bildirib, suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘radi.
Sud yuqoridagilarni hisobga olib, huquqbuzarning o‘z qilmishidan chin dildan pushaymon bo‘lgani hamda hamda o‘g‘irlangan ko‘mir ko‘mir koniga qaytarilganini hisobga olib, unga tegishli ma’muriy jazo chorasi tayinlandi.
N.Mustafaqulov,
Angren shahar milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘lim boshlig‘i, kapitan
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish