20 ming tup daraxt va buta ekiladi va parvarishlanadi
Nashr qilingan sana: 15.03.2025 11:34:39

“Uzbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Yashil belbog’” umummilliy loyihasi doirasida bahorgi daraxt ekish tadbirlari boshlab yuborildi.
Jamiyat bosh direktorining joriy yil 21-fevraldagi 80-sonli buyrugʻi asosida tashkil etilayotgan tadbirlarda 40 nafar xodim doimiy qatnashmoqda. Ular shahar hududida belgilangan 1,3 gektar ochiq yer maydonini 20 ming tup daraxt va buta ekish uchun tayyorlashmoqda. Jamiyat bosh ekolog Akbar Yoqubovning ma’lumot berishicha, ekish ishlari 21 martga qadar yakunlanadi.
E’tiborlisi, jamiyatda ekilgan daraxt va butalarni kelgusi besh yilda to‘liq o‘stirib, ularni parvarishlash, sug‘orish hamda zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha aniq choralar belgilab olingan.

Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish