27-fevarl kuni rejadagidan 3 foiz ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi
Nashr qilingan sana: 28.02.2024 03:31:18
Kecha 27-fevral kuni elektr stansiyalari orqali 240,9 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 3 foiz ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 43,7 mln kubometr tabiiy gaz, 26,7 ming tonna ko‘mir hamda 10,8 ming tonna mazut yoqildi.
Bu haqida AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vaziri matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayev ma’lumot berdi.
Respublika iste’molchilariga 232,8 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 3 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berildi.
Qishning sovuq kunlarida magistral gaz quvurlarida gaz bosimining keskin tushib ketganligi hamda aholi iste’molchilarida elektr energiyasiga nisbatan talabning oshib borishi tufayli 27-fevral kuni ham mamlakatimiz bo‘ylab asosan kunning tig‘iz vaqtlarida 700 MVtgacha cheklovlar kiritilishiga majbur bo‘lindi.
Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, holat yaxshi tomonga o‘zgargunga qadar bugun ham kunning tig‘iz paytlarida ma’lum miqdorda cheklovlar kiritilishi mumkin.
Gaz bosimining odatdagidan ko‘ra past ekaniga qaramay, 27-fevral kuni ham uning iste’moli yuqoriligicha qoldi. Kecha mazkur miqdor 154,7 mln kubometrni tashkil qildi.
Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan avariyadan so‘ng magistral gaz quvurlarida gaz bosimi keskin tushib ketganining oqibatlarini bartaraf etish, respublika iste’molchilari hamda issiqlik elektr stansiyalarini tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish maqsadida qator zarur choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini birinchi navbatda tabiiy gaz bilan ta’minlash hamda quvurlardagi bosimni bir me’yorda tutib turish maqsadida barcha hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarning ish faoliyati mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilmoqda.
Kecha mamlakatimizdagi 561 ta ana shunday shoxobcha orqali aholiga va ijtimoiy sohalar ob’ektlariga tegishli avtomobillar, shuningdek, jamoat transportlarining barcha turlariga 3 million 771 ming kubometr tabiiy gaz yetkazib berildi.
Shuningdek, birja savdolariga avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sotish uchun 9 ming 605 tonna avtobenzin, 1 ming 566 tonna dizel yonilg‘isi qo‘yilgan bo‘lib, undan 5 ming 64 tonna avtobenzin, 774 tonna dizel yonilg‘isi sotildi.
Ta’kidlash joizki, qishning sovuq kunlarida tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida elektr va gaz ta’minoti korxonalarida tuzilgan 1 ming 691 ta maxsus brigada safida mehnat qilayotgan 7 ming 300 nafardan ortiq ishchi-xodimlar tunu kun ishlab, joylarda muammolarni zudlik bilan bartaraf etmoqdalar.
Brifingda iste’molchilar energoresurslardan ham tejamkorlik bilan foydalanish, ishlatilmayotgan elektr uskunalarini tarmoqdan uzib qo‘yish, behuda yonayotgan chiroqlar, reklama yoritkichlari hamda boshqa manbalarni o‘chirib yurish orqali elektr tarmoqlariga tushadigan kuchlanishni kamaytirishimiz mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tiladi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Brifing: “O‘zbekko‘mir” AJda korrupsiyaga qarshi islohotlar va amaliy ishlar
Ayni kunlarda mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi davom etmoqda. Ushbu oylik BMT Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq...
O'qish
Ochiq eshiklar kuni: jamoatchilik bilan uchrashuv
2025-yil 15-dekabr kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi....
O'qish
Qish keldi, ko‘mirdan muammo yo‘q...mi?
Bu savolga yorug‘ yuz bilan dadil javob berish uchun viloyatimizning har bir go‘shasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari puxta olib borildi. Qahraton kund...
O'qish
Konstitutsiyamizning 33 yilligi munosabati bilan spektakli namoyishi
“O‘zbekko‘mir” AJ “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan filial xodimlari uc...
O'qish