Angren ko‘mir konida – “Komatsu” avtosamosvallari
Nashr qilingan sana: 06.01.2024 08:33:27Mavjud texnika parkini yangilash va ko‘mir qazib olish hajmlarini oshirish maqsadida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga zamonaviy kon-texnikalari keltirilmoqda. Ushbu texnika vositalarini yig‘ish ishlari jamiyatning “Avtomobil texnologik transporti” filialida amalga oshirilyapti.
Filial bosh muhandisi Rustam Qandaharov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kungacha “Komatsu” rusumli to‘qqizta avtosamosval keltirildi. Yuk ko‘tarish qobiliyati 90 tonna bo‘lgan ushbu texnikaning hozirda oltitasi yig‘ilib, foydalanishga tayyorlab qo‘yildi.
Har bir texnikani yig‘ish ishlarida Farrux Abbosov boshchilik qilayotgan 1-avtosaroyning ta’mirlash ustaxonasi mutaxassislari – naladchik Azizbek Yuldashev, elektr chilangari Shohruh Omonov, avtochilangarlar Bobur Kamoliddinov va Baxtiyor Ishmatov, mexanik Sarvar Aktamov hamda “Temir yo‘l transporti” filiali temir yo‘l krani mashinisti Alisher Shokirov va uning yordamchisi Rustam Qo‘ziyevlar ishtirok etmoqdalar.
Jarayon yangi texnikani yetkazib beruvchi kampaniya vakillarining bevosita ishtirokida kechmoqda.
Qutlug‘ Teshaboyev
Oxirgi yangiliklar:
"O‘zbekko‘mir" AJning faol yoshlari Oliy Majlis faoliyati bilan tanishdilar
"O‘zbekko‘mir" AJning faol yoshlari Oliy Majlis faoliyati bilan tanishdilar "O‘zbekko‘mir" AJning bir guruh faol yoshlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga...
O'qish
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda?
Brinfing: kondan xonadongacha: ko‘mir ta’minoti qanday kechmoqda? 2026-yilda “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 5,7 million tonna ko‘mir qazib chiqarish, shundan 1 milli...
O'qish
Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularnin...
O'qish
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish