Anomal sovuq kunlari energotizim barqarorligi qanday taʼminlanadi?
Nashr qilingan sana: 06.01.2023 03:38:11Unga koʻra, birinchi navbatda, aholi va ijtimoiy soha obyektlariga elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda koʻmir mahsulotini barqaror yetkazib berish choralari koʻriladi.
Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga kiritilayotgan cheklovlar davom ettiriladi.
Yirik ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi keskin kamaytiriladi.
Energotizimdagi yirik isteʼmolchilarning kunlik elektr energiyasi isteʼmoli kamaytiriladi va tejalgan 11-12 mln kVt-soat elektr energiyasi aholi isteʼmoliga yoʻnaltiriladi.
Energotizimda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yirik avariyalarni oldini olish, barcha isteʼmolchilarni bir maromda elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan grafiklarga asosan qisqa muddatli cheklovlar kiritiladi.
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalari va markazlarning barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida kuniga oʻrtacha 49 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi.
Bu haqda Energetika vaziri boshchiligida tizim korxonalari rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida taʼkidlandi.
Shuningdek, kelgusi hafta respublikamiz hududida havo haroratining anomal pasayishi davrida yoqilgʻi-energetika sohasidagi ishlarni toʻgʻri va tizimli tashkil qilish, isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrish masalalari muhokama qilindi va qator vazifalar belgilab berildi.
Bugungi kunda mazkur stansiyalar uchun 90 ming tonna mazut va 280 ming tonna koʻmir yoqilgʻisi zaxirasi yaratildi.
Isteʼmolchilarga kunlik koʻmir yetkazib berish hajmi 5000 tonnadan 8000 tonnaga oshiriladi.
Yigʻilishda sovuq kunlarda elektr energiyasiga boʻlgan talab ortishi natijasida elektr tarmoqlari va transformator punktlarida ham yuklamalar keskin oshishi taʼkidlandi.
Bunda, dispetcherlar mahalliy hokimliklar va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan tasdiqlangan cheklov grafiklariga qatʼiy amal qilishlari, yaʼni belgilangan muddatdan ortiq cheklovlar kiritmasligi taʼkidlandi.
Ikki soatdan oshmagan vaqt oraligʻida hududlar kesimida joriy etilayotgan cheklov grafiklari barcha viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida eʼlon qilib borilishi taʼminlanadi.
Shuningdek, anomal sovuq kunlarida tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarni bartaraf etish uchun elektr va gaz taʼminoti korxonalarida tunu-kun ishlaydigan 1000 dan ortiq maxsus brigada tashkil etildi. Ushbu brigadalar muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etilishini taʼminlaydilar.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Jamiyatda halollikni ta’minlash – barchamizning burchimiz!
Korrupsiya masalasi dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammolardan biridir. Bu muammo har qanday davlat va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy...
O'qish
Milliy libos – faxru iftixor ramzi
“O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi milliy an’analarni saqlash va targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Aksiyadorlik jamiyatida milliy urf-odatlar va an’analarni qadr...
O'qish
Vazirlik xodimlari “Oʻzbekko‘mir” AJ faoliyati bilan tanishdilar
2025-yil 15-iyul kuni Toshkent viloyatida joylashgan “Oʻzbekko‘mir” AJ hududida Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi xodimlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘td...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: 6 oy mobaynida jami 2 mln 770,8 ming tonna ko‘mir qazib olindi
“O‘ZBEKKO‘MIR” AJ: 6 OY MOBAYNIDA JAMI 2 MLN 770,8 MING TONNA KO‘MIR QAZIB OLINDI Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra "O‘zbekko‘mir" AJ faoliya...
O'qish