“Dolzarb 30 kun” tadbirilari sarhisobi
Nashr qilingan sana: 12.08.2023 08:44:07Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoniga asosan 2023-yil 10-iyuldan 10-avgustgacha Respublika hududida Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri boʻyicha “Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori Vladimir Kuznetsovning 2023-yil 10-iyul kuni № 11-PP sonli buyrugʻi ishlab chiqilib chora tadbirlar belgilandi.
Ushbu oy davomida korxonaning barcha filiallari xodimlari ishtirokida davra suhbatlari, seminarlar tashkillashtirildi. Oʻtkazilgan seminarlarda korxonada va filiallarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalaridan foydalanish, favqulodda holatlarda harakatlanish tartibi, xavfsizlik va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish lozimligi munosabati bilan sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻin, gaz va havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilinishi boʻyicha quyida tavsiyalar berildi.
- tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmaslik;
- elektr xoʻjaligida ortiqcha yuklanish va elektr simlarning qisqa tutashuvdan sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarning oldini olish lozimligi sababli sifat sertifikatiga ega boʻlgan himoya saqlagichlaridan (avtomatlardan) foydalanish;
- nosoz, qoʻlbola isitish moslamalaridan foydalanmaslik, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yoʻriqnomasidan foydalanish;
- korxona hududida belgilanmagan joylardan tashqarida sigaret chekmaslik,
- filiallar hududidagi qurigan oʻtlardan tozalash va hududdan tashqariga olib chiqish,
- nosoz xoldagi elektr moslamalaridan foydalanmaslik.
Yuqoridagilar bo'yicha tegishli o'quv mashg'ulotlari muntazam o'tkazilib borilishi belgilab qo'yildi.
Oxirgi yangiliklar:
Xalqaro hamkorlik amalda
2026-yil 17-iyul kuni Xitoy konchilik va texnologiya universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari delegatsiyasi “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldi. Toshkent davla...
O'qish
Ishga qabul jarayoni ochiq va shaffof tarzda yoritildi
Aksiyadorlik jamiyatida “Ochiqlik indeksi” talablari ijrosini ta’minlash maqsadida ishga qabul jarayonlari ochiq va shaffof tashkil etilmoqda. Jamiyatning idora qo‘riq...
O'qish
Mehnat ta’tili – xodimning qonuniy huquqi
#Huquqingizni bilasizmi? Xodimning mehnat unumdorligi uning dam olish sifati bilan bevosita bog‘liq. Shu bois mehnat qonunchiligi har bir xodimning mehnat qilishi bila...
O'qish
Infografika: “O‘zbekko‘mir” Ajda 2026-yilning I yarim yilligida murojaatlar bilan ishlash naijalarii
Infigrafika: “O‘zbekko‘mir” Ajda 2026-yilning I yarim yilligida murojaatlar bilan ishlash naijalarii
O'qish