Ish yuritishni lotin alifbosida olib borishga tayyormisiz?
Nashr qilingan sana: 20.09.2022 03:50:54"O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyati ijro apparati va barcha korxonalarida 2023 yilning 1 yanvaridan boshlab ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyoti to‘liq joriy etiladi.
Bu haqida bugun, 20 sentyabr kuni aksiyadorlik jamiyati ijro apparatida Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Qayumov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Jamiyat bosh direktorining birinchi o‘rinbosari A.Mirahmedov, Angren shahar hokimi maslahatchisi N.Nazarova, shahar ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbarining o‘rinbosari Y.Jo‘rayev hamda jamiyatning filiallardagi kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda davlat miqyosidagi ushbu muhim tadbirning mazmun-mohiyati va ahamiyati, ish yuritishni lotin alifbosiga ko‘rish bilan bog‘liq dolzarb vazifalar atroflicha muhokama etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevralda qabul qilingan "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 61-sonli qarori asosida Angren shahrida amalga oshirilayotgan ishlar xususida shahar hokimining maslahatchisi N.Nazarova axborot berdi. Ayni kunlarda shaharda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona va tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotiga o‘tilmoqda. Bu borada Angren shahridagi nufuzli korxona - "O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyati namuna bo‘la oladi, dedi jumladan N.Nazarova.
21 oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuniga bag‘ishlab Angren shahrida "Eng yaxshi ma’naviyat xonasi" ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblar munosib rag‘batlantiriladi.
Yig‘ilishda jamiyat ijro apparati va korxonalarida ish yuritish hujjatlarini lotin yozuviga to‘liq o‘tkazishni jadallashtirish, ko‘rgazmali targ‘ibot vositalarini shunga mos ravishda qayta o‘rnatish, ma’naviyat xonalarini qayta jihozlash yuzasidan vazifalar belgilanib, moliyaviy jihatdan hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar oydinlashtirib olindi.
Ish yuritish hujjatlarini lotin alifbosida olib borish rahbar-mutaxassislardan muayyan bilim va ko‘nikmalarni talab qilishi e’tiborga olinib kadrlarni o‘qitish, ularning malakasini oshirish masalasiga ham e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda bosh direktorning birinchi o‘rinbosari A.Mirahmedov so‘zga chiqdi.
"O‘zbekko‘mir" AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish