KOʻMIR KONIDA DIZEL YOQILGʻISINI TALON-TAROJ QILGAN SHAXSLAR USHLANDI
Nashr qilingan sana: 17.08.2023 07:56:48Joriy yil 12 avgust kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan “Angren koʻmir koni”da bir guruh mahalliy aholi koʻmir havzasidan ot va eshaklar yordamida oʻgʻrilik yoʻli bilan dizel yoqilgʻisini olib chiqib ketayoganda fosh etildi.
Aniqlanishicha, oʻgʻrilikni sodir etgan shaxslar obʼekt hududiga noqonuniy kirib, oldindan kelishilgan maxsus-texnika haydovchilaridan 400 litr miqdorda dizel yoqilgʻisini idishlarga toʻldirib olib chiqayotgan boʻlgan. Bundan tashqari, ularning yonida yana shuncha miqdorda yoqilgʻi sigʻadigan boʻsh idishlar aniqlangan.
Oʻz ishiga sovuqqonlik bilan yondashib, kon hududiga begona shaxslarning kirishiga yoʻl qoʻygan qoʻriqlash boʻlimi boshligʻi T.Tulegenov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Maʼlum-ki, ishlab chiqarish uzviy jarayon boʻlib, birgina yuqoridagi holat misolida oladigan boʻlsak, 0,5 tonna yoqilgʻi yordamida Belaz rusumli yuk avtomobili 1 smena davomida oʻrtacha 1000 tonna togʻ jinslarini tashishi mumkin edi. Hulosa oʻrnida, har bir xodim ish jarayonida boʻlayotgan talon-tarojliklarga toqatsizlik ruxida, shaxsiy manfaatlarni yuqori qoʻyayotgan kimsalar haqidagi maʼlumotlarni aksiyadorlik jamiyatining komplayens nazorati xizmatining tegishli aloqa botlariga yuborishlari orqali shu kabi holatlarning oldi olinadi. Murojaatchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlangan.
Oxirgi yangiliklar:
Ustoz — konchilik kasbining buyuk maktabi
Har bir katta yo‘l ustozdan boshlanadi. Kasbning sir-asrorini o‘rganish, uning mashaqqati va mas’uliyatini anglash, eng muhimi, orttirilgan tajribani keyingi avlodga yetk...
O'qish
Korxonaga zarur mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlari kengaytiriladi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 30 sentyabr kuni “Yangi O‘zbekiston” universitetida ustoz va murabbiylar bilan uchrashuvda korxona ehtiyojidan kelib chiqib mutaxassis ta...
O'qish
Sizga ta’zim, sizga ehtirom, aziz ustozlar!
Hurmatli ustoz konchilar, mehnat faxriylari! Siz, aziz ustozlarimizni, barcha konchilarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Inson hayo...
O'qish
Mehnatkash, g‘amxo‘r, chin so‘z ustozlarga ehtirom
“O‘zbekko‘mir” AJ tizimida 1-oktabr ‒ O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Angrendagi muhtasham “Hayot” tantanalar zalida tas...
O'qish