Ko‘mir mahsulotlari sotish bo‘yicha interaktiv xizmatlar portalini yaratilmoqda
Nashr qilingan sana: 05.03.2024 11:04:00“O‘zbekko‘mir” AJda 466 komplekt kompyuter texnikasi qo‘llanilmoqda. Jamiyat ijro apparati (shu jumladan Toshkent shahridagi vakolatxona) va barcha tarkibiy tuzilmalarda mahalliy kompyuter tarmoqlari (LAN) ishlaydi. Jamiyat ma’lumotlar uzatish korporativ tarmog‘iga integratsiyalangan.
“O‘zbektelekom” AK filiali 100 Mbit/s gacha tezlikda tashqi internet tarmog‘iga ulanish imkonini beradi. Ulanish punktlari soni – 8. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 322 nafar internet foydalanuvchisi. Tarkibiy tuzilmalardagi foydalanuvchilar internetga kirishi ta’minlangan, bundan tashqari ular bank-mijoz elektron to‘lov tizimidan foydalanadilar.
Aksiyadorlik jamiyati uchun korporativ pochta yaratish maqsadida coal.uz domeni tashkil etildi.
Mavjud ofis boshqaruv tizimini boshqarishning yangi vositalari va usullaridan foydalangan holda takomillashtirish, axborot bilan ta’minlash va qarorlar qabul qilish jarayonlarini integratsiya va avtomatlashtirish, hujjatlarni elektron shaklda qayd etish, ularni tizimlashtirish va bajarilishini nazorat qilishning yagona tizimini yaratish maqsadida elektron hujjat boshqaruv tizimi (SED) 200 foydalanuvchi uchun PEGAS o‘rnatildi.
“IJRO” idoralararo elektron hujjat aylanishi tizimidan 6 ta foydalanuvchi ham ochiq va yopiq ERI kalitidan foydalangan holda axborotni kriptografik himoya qilish (shifrlash) imkoniyatidan foydalanadi.
Uchinchi tomon tashkilotlari bilan hujjat aylanishini tashkil qilish uchun E-XAT dasturidan foydalaniladi.
SCADA darajadagi tizimlar bilan integratsiyalashgan “Angren konida ishini markazlashtirilgan dispetcherlik nazoratining avtomatlashtirilgan axborot tizimi” MES darajasi tizimi ishlamoqda.
ERP tizimining birinchi bosqichi “Moliyaviy hisob va hisobotlarni, xodimlarni boshqarish, operativ va ishlab chiqarish-texnologik faoliyatni kompyuterlashtirishning kompleks integratsiyalashgan axborot tizimi” joriy etildi.
Shuningdek, “Korxonani boshqarish tizimi (ERP) modullarini joriy etish orqali funsionallikni kengaytirish” loyihasining ikkinchi bosqichi uchun texnik topshiriq ishlab chiqildi. Korxonani raqamli o‘zgartirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha texnik shartlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Ayni kunlarda aksiyadorlik jamiyati mahsulotlarini sotish sohasidagi faoliyatni onlayn to‘lovni amalga oshirish imkoniyati bilan boshqarish, axborot tizimini modernizatsiya qilish doirasida ko‘mir mahsulotlarini sotish bo‘yicha interaktiv xizmatlar portalini yaratish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Jamiyatning internetdagi rasmiy veb-saytida davlat axborot resurslarida ro‘yxatdan o‘tgan xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 24 ta obektga 150 dan ortiq videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.
Axborot xavfsizligi ta’minlash uchun lisenziyalangan operasion va virusga qarshi dasturlar xarid qilish, ilgari joriy qilingan axborot tizimlari uchun texnik yordam tashkil etish, ATS-4, ATS-2 server xonalari uchun zaxira quvvat manbai yaratish, AKT sohasini malakali mutaxassislar bilan yetarli darajada ta’minlash va yangi axborot tizimlari va texnologiyalarini joriy etish samaradorligini yanada oshirish kun tartibida turibdi.
Shamil Nigmatullin,
“O‘zbekko‘mir” AJ ijro apparati AKT xizmati rahbari
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Yong‘in xavfsizligi qoidalari targ‘ib qilinmoqda
Respublikamizda 15-noyabrdan boshlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-...
O'qishDavlat xizmatchisiga tadbirkorlik taqiqlanadi
Shu yilning 6-dekabr kunidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiradi. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyador...
O'qishIste'molchi murojaati joyida ijobiy hal etildi
Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masala...
O'qishRespublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Yon...
O'qish