Ko‘mir omborida issiq choy va shirinlik ulashildi
Nashr qilingan sana: 15.10.2024 06:07:28#Realizatsiya

Noqulay ob-havo sharoiti, yomg‘ir kechadan buyon tinmayotgan bo‘lsa-da bugun G‘allaorol ko‘mir omborida aholiga ko‘mir tarqatish ishlari bir dam bo‘lsin to‘xtamadi. Alisher Egamqulov boshliq omborxona xodimlari mahsulot xarid qilishga kelgan fuqarolarni ortiga qaytarmadi, balki ularga issiq choy va shirinliklar ulashdi.
Ko‘mir tarqatish ishlari “Ko‘mir ta’minot” MChJ Jizzax viloyat filiali rahbari M.Xurramov, G‘allaorol tumani hokimi o‘rinbosari A.Mamarajabovlar ishtirokida amalga oshirildi.
Jarayonda mas’ullar tomonidan aholi murojaat va takliflari tinglandi.
Ma’lumot uchun, ayni kunlarda Jizzax viloyatida “Ko‘mir ta’minot” MChJ 6 ta hududiy ko‘mir ombori ishlab turibdi. Ko‘mir zaxirasi yetarli, “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ortib yuborilgan mahsulot peshma-pesh tarqatilmoqda. Filial tomonidan 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumi uchun viloyat aholi iste’molchilariga 29 884 tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan.

Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish