Mahalliy ko‘mir qanday qazib olinadi?
Nashr qilingan sana: 02.12.2024 05:03:23Iqtisodiyotning muayyan tarmoqlarida, shuningdek, tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlarda ko‘mirdan foydalanish ancha qulay. O‘zbekiston esa yer osti qazilmalariga boy bo‘lib, ko‘mir asosan respublikamizning Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida ko‘mir qazib olinadi. Toshkent viloyatining Angren havzasidan qazib olinayotgan qo‘ng‘ir ko‘mir toshko‘mirga qaraganda oson cho‘g‘lanishi, va boshqa xususiyatlari bilan aholi iste’molchilari talabiga mos tushadi.
Ayni kunlarda joriy kuz-qish mavsumi uchun aholi iste’molchilarini ko‘mir bilan ta’minlash ishlari jadal davom etmoqda. Qayt etish kerak, arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mirning yetkazib berilishi ko‘pchilik aholi iste’molchilarini mamnun etayotgani haqida xabarlar kelib turibdi. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda ko‘mir sifati va tarqatish bilan bog‘liq tanqidiy chiqishlar ham kuzatilmoqda.
Ushbu tanqidiy chiqishlarning aksariyati jamoatchilik o‘rtasida ko‘mirni qazib olish va tarqatish tartiblari, shuningdek mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari haqida jamoatchilik o‘rtasida yetarli tushuncha mavjud emasligidan kelib chiqmoqda.
O‘zbekistonda qazib olinadigan ko‘mirning 85 foizi “Angren” ko‘mir havzasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, Angren konlarida ko‘mir qanday qazib olinmoqda, uning sifati qay darajada? Aholiga mo‘ljallangan ko‘mir mahsulotini qaerdan va qay tartibda olish mumkin? Xarid qilingan ko‘mir qanday saqlash kerak?
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan videorolikda ana shu savollarga batafsil javob olishingiz mumkin:
Oxirgi yangiliklar:
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish
Maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Avtomobil texnologik transporti” filialida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda yuzaga kelish...
O'qish