Mahalliy koʻmirni tarqatishga ularni fraksiyalarga ajratishga yoʻl qoʻyishmaydi
Nashr qilingan sana: 23.06.2023 03:34:16Ayni kunlarda "Koʻmir taʼminot"MCHJ tomonidan 2023/2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika byudjet tashkilotlarini mahalliy koʻmir mahsuloti bilan taʼminlash ishlari jadal olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Fotima Joʻrayeva tomonidan bundan 3 yil avval Andijon viloyati koʻmir omborlarida ijtimoiy soha obyektlariga koʻmirni elab, unga qum, kul qoʻshib, 303 soʻmdan berilayotganligi, yiriklari esa 1100 soʻmdan sotib yuborilayotganligi haqida video va ovozli faktlar bilan bir nechta murojaatlar qilgani va natijada vaziyat ijobiy tomonga oʻzgargani, ammo hozirgi kunda ahvol yana takrorlanayotgani haqida xabar tarqaldi.
Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati xabarda keltirilgan holatni oʻrganmoqda va uning natijalari haqida batafsil xabar berishini maʼlum qiladi.
Eslatib oʻtamiz, "Oʻzbekkoʻmir" AJ tomonidan respublika byudjet tashkilotlari ehtiyojlari uchun ortib yuborilayotgan mahalliy koʻmir 2BR markali boʻlib, fraksiyasi 0-300 mm.ni tashkil etadi. Mahsulotni tarqatish jarayonida ularni fraksiyalarga ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir sanoati istiqbollari “Глобус” jurnalida yoritildi
Rossiyaning tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi nufuzli nashrlaridan biri – “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil may oyidagi 2 (91)-sonida ko...
O'qish
"O'zbekko'mir" AJ BKUQ raisi A.Qayumovning bayram tabrigi
Assalomu alaykum, qadrli konchilar, hurmatli hamkasblar va aziz hamshaharlar! Sizlarni butun musulmon olamining eng ulug‘ va qutlug‘ ayyomlaridan biri — muborak Qurbon...
O'qish
Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli ko‘mir sanoati xodimlari va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman. Qurbon hayiti xalqimiz hayotid...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va yangi investisiya loyihalari yuzasid...
O'qish