“O‘zbekko‘mir” AJ: 6,7 million tonna ko‘mir tayyor!
Nashr qilingan sana: 30.12.2024 03:07:51

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2024-yil muvaffaqiyatli yakunlanmoqda. Joriy yil boshidan buyon bu yerda qazib chiqarilgan ko‘mir hajmi ilk marta 6,7 million tonnadan ortib ketdi.
Jamiyatda joriy yilda 6,2 million tonna ko‘mir qazib chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu reja bugungi kunda ortig‘i bilan uddalanadi va ayni kunlarda bu ko‘rsatkich 6,7 million tonnadan ortib ketdi.
Erishilayotgan yutuqlarda mavjud “Angren ko‘mir koni”, “Apartak ko‘mir koni” hamda “Yer osti usulida ko‘mir qazib olish koni” filiallarining hissasi katta. Xususan, “Angren” konidan qazib chiqarilgan ko‘mir hajmi allaqachon 5,5 million tonnada oshdi. “Apartak ko‘mir koni” filiali mehnat jamoasi esa tarixda ilk marta 1,2 million tonnalik dovonni zabt etdi.
Ma’lumki, iqtisodiyotning muayyan tarmoqlarida, shuningdek. Respublikamizning tabiiy gaz yetib bormagan hududlarida ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanish arzon va qulay. Shu boisdan ham Prezidentimiz o‘sib borayotgan ichki talabni qondirish maqsadida soha xodimlari oldiga ko‘mir qazib olish hajmlarini oshirish vazifasini qo‘ymoqda. Ayni paytda ko‘mir sanoatin rivojlantirishga alohida g‘amxo‘rli ko‘rsatilmoqda. Xususan, mavjud konlarimiz moddiy-texnikasini mustahkamlash maqsadida o‘tgan yili aksiyadorlik jamiyatimizga hukumat ko‘magi bilan lizing shartnomalari asosida Yaponiyada ishlab chiqarilgan dunyodagi eng zamonaviy “Komatsu” rusumli 44 ta avtosamosval va boshqa yangi kon texnikalari keltirilib, ishlab chiqarishga jalb qilindi. Yoqilg‘i-moylash materiallari hamda ehtiyot qismlar ta’minoti, transport logistikasi borasidagi muammolar ham ijobiy hal etilmoqda. Xususan, aholi ehtiyojlari uchun yuborilayotgan yoqilg‘ini temiryo‘l orqali jo‘natish uchun vagon va lokomotivlar o‘z vaqtida ajratilmoqda. Konchilarimiz ham sharafli va mashaqqatli vazifalarni chuqur anglagan holda sidqidildan mehnat qilmoqda. Bularning barchasi zimmamizdagi reja-topshiriqlarni ortig‘i bilan uddalash imkonini bermoqda.
Ayni kunlarda konlarimizda ishlab chiqarish kechayu kunduz bir maromda davom etmoqda. Qazib chiqarilayotgan mahsulot peshma-pesh iqti-sodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha muassasalari hamda aholi ehtiyojlari uchun ortib yuborilmoqda. Biz xalqimizni yorug‘lik va issiqlik bilan ta’minlashdek sharafli va mashaqqatli mehnatimizdan mamnunmiz.
Ma’lumot uchun, jamiyat tomonidan 2019-yilda ‒ 3807,6 ming tonna, 2020-yilda ‒ 3869,4, 2021-yilda ‒ 4781,2, 2022-yilda ‒ 5073,9, 2023-yilda 5836,0 ming tonna ko‘mir qazib chiqarilgan bo‘lsa, joriy 2024-yilda bu ko‘rsatkich 6,7 million tonnani tashkil etmoqda.
Zafar Inomxo‘jayev,
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh muhandisi

Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish