“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Nodirbek Uktamovich Dusmatovning bayram tabrigi
Nashr qilingan sana: 06.09.2025 09:52:39Hurmatli konchilar, aziz hamkasblar!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni – yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz orzu-umidlarining ro‘yobi, bunyodkorlik va yangilanishlar timsoli sifatida ezgu qadriyatga aylangan eng ulug‘ va eng aziz bayramdir.
Mana, mamlakatimiz o‘z mustaqilligining 34 yilligini keng nishonlayotgan ushbu tarixiy pallada “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati 76 yildan ortiq tarixga ega sha’nli faoliyatini yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shgan holda davom ettirmoqda.
Jamiyatimiz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari — iste’molchilarni sifatli ko‘mir mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, shuningdek, soha uchun yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va ijobiy o‘zgarishlar jarayonida jamoamiz ham o‘zining fidokorona mehnati bilan munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Bugungi kunda ishlab chiqarish jarayonlarida erishilayotgan yuqori samaradorlik, jamoamiz a’zolarining mehnatsevarligi, yuksak mas’uliyat va sadoqat bilan olib borayotgan faoliyati tufayli oldimizga qo‘yilgan rejalar izchil amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, yosh mutaxassislarimizning zamonaviy bilim va ko‘nikmalar asosida shakllanib borayotgani bizni quvontiradi. Ular jamiyatimizning barqaror kelajagiga ishonch bilan qarashimizga asos bo‘lmoqda.
Ishonchim komilki, jamoamizdagi birdamlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitiga tayanib, biz yurtimiz ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish, sohada yangi yutuqlarga erishish yo‘lida dadil olg‘a boramiz.
Fursatdan foydalanib, siz, azizlarni, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Sizlarga va oilalaringizga sog‘lik-salomatlik, baxt-u saodat, fayz-u baraka, tinchlik va osoyishtalik, ish faoliyatingizda esa yuksak muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayram muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Nodirbek Uktamovich Dusmatov
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori
Oxirgi yangiliklar:
Xalqaro hamkorlik amalda
2026-yil 17-iyul kuni Xitoy konchilik va texnologiya universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari delegatsiyasi “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldi. Toshkent davla...
O'qish
Ishga qabul jarayoni ochiq va shaffof tarzda yoritildi
Aksiyadorlik jamiyatida “Ochiqlik indeksi” talablari ijrosini ta’minlash maqsadida ishga qabul jarayonlari ochiq va shaffof tashkil etilmoqda. Jamiyatning idora qo‘riq...
O'qish
Mehnat ta’tili – xodimning qonuniy huquqi
#Huquqingizni bilasizmi? Xodimning mehnat unumdorligi uning dam olish sifati bilan bevosita bog‘liq. Shu bois mehnat qonunchiligi har bir xodimning mehnat qilishi bila...
O'qish
Infografika: “O‘zbekko‘mir” Ajda 2026-yilning I yarim yilligida murojaatlar bilan ishlash naijalarii
Infigrafika: “O‘zbekko‘mir” Ajda 2026-yilning I yarim yilligida murojaatlar bilan ishlash naijalarii
O'qish