“OʻZBEKKOʻMIR” AJ BOSH DIREKTORI VLADIMIR VLADIMIROVICH KUZNETSOVNING YANGI YILGA BAYRAM TABRIGI
Nashr qilingan sana: 31.12.2023 03:16:10Hurmatli koʻmir sanoati xodimlari!
Aziz hamkasblar!
Kirib kelayotgan Yangi – 2024-yil bilan samimiy tabriklarimni qabul qiling!
2023-yil barchamiz uchun sinovli boʻldi, ishlab chiqarishda muvaffaqiyatlar bilan birga murakkab holatlar ham yuz berdi. Har qanday sharoitda ham oʻzaro hamjihatlikda olib borgan ishlarimiz yuksak ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga erisha olishimizni yana bir bor isbotladi. Zero, bizning harakatlarimiz Oʻzbekiston koʻmir sanoati barqarorligini taʼminlash, isteʼmolchilarni moʻl va sifatli qattiq yoqilgʻi bilan taʼminlashga qaratilgani bilan barchamizga kuch va ilhom berib keladi.
Yangi yil bayrami odatda eng yaxshi umidlar bilan bogʻliq, shuning uchun yakunlanayotgan yilda bizni xursand qilgan barcha yaxshi narsalar kelgusi yilda ham oʻz davomini topsin. Yangi 2024-yil barchamizga farovonlik olib kelsin, ertangi kunga ishonchni mustahkamlasin, barcha ishlarimizda muvaffaqiyatlar hamroh boʻlsin.
Hurmatli konchilar!
Sizga soʻnmas hayotiy energiya, moliyaviy farovonlik va yuksak martabalar tilayman. Kasbingizga boʻlgan muhabbat, mehnatsevarlik va mustahkam sogʻliq hayotingiz va faoliyatingizda doimo yoʻldosh boʻlsin. Ahillik va oʻzaro hamjihatlik, sabr-toqat va, albatta, omad Sizni hech qachon tark etmasin. Inson baxtining oddiy formulasi doimo hayotingizda ishlasin, qatʼiyat ila yangidan-yangi marralar sari buyuk intilishdan aslo tolmang. Saxovatli Ona zaminimizning biz insoniyatga mehri bitmas-tuganmas boʻlsin!
Oxirgi yangiliklar:
Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularnin...
O'qish
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish
ISHCHI INSON MANFAATI — ENG OLIY QADRIYATIMIZ
Qadrli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, aziz konchilar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan sami...
O'qish
Ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari infografika
Ayni kunlarda aholini 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari jadal davom etmoqda. “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan mavsum davo...
O'qish