Rejali taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda
Nashr qilingan sana: 04.01.2024 03:50:53Bugun, "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatining Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari filialiga qarashli 3-guruh nimstansiyalar tarkibiga kiruvchi 3-toruvchi va tarqatuvchi nimstansiyasida rejali oʻchirish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Jarayon "Oʻzbekkoʻmir" AJ bosh energetigi Xayriddin Qayumov hamda "Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari" filiali rahbari Erkin Ergashevlar nazorati ostida tashkil etilgan. Ushbu nimstansiyaning toʻliq quvvati 110 kV, 6 kV, 3,3 kV boʻlib, undan asosan Angren koʻmir koni havzasida kon ustini ochish va koʻmir qazib olish yoʻnalishlarining ekskavator va elektrovozlari, konveyer transportlari elektr energiyasi oladi.
Bundan tashqari 3-nimstansiyadan aholi xoʻjaliklari va boshqa isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash uchun hozirda nimstansiyada tozalash va taʼmirlash amalga oshirilmoqda. Jarayon texnika xavfsizligi va boshqa ishlab chiqarish jarayoni meʼyorlarga toʻla amal qilingan holda oʻtkazilib, qisqa vaqt davomida elektr uzatish qayta tiklanadi.
Qolaversa, ayni paytda Angren koʻmir konida toʻxtab turgan ekskavator, elektrovoz va koveyer tasmalarida texnik koʻrikdan oʻtkazish hamda kichik sozlash ishlari amalga oshiriladi.
"Hozir biz turgan nimstansiya korxonamizning yuragi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Ayni nimstansiyadan eng katta texnikalarimiz elektr quvvati olib ishlaydi. Nimstansiyaning doimiy soz va betalofat ishlashi bizning ustuvor maqsadimiz sanaladi" - deydi bosh energetik Xayriddin Qayumov.
https://t.me/uzbekcoaluz
Oxirgi yangiliklar:
Ta’minot: ko‘mir kondan xonadongacha − kim nimaga javobgar?
Ko‘mir ta’minoti faqat mahsulotni qazib olish va sotishdan iborat emas. Bu jarayondaishlab chiqaruvchi, birja, tadbirkor, tashuvchi va iste’molchi ishtirok etadi. Ularnin...
O'qish
INSON QADRI — E’TIBOR VA E’ZOZDA!
Hurmatli hamkasblar, qadrli konchilar va mehnat faxriylari! Sizlarni 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati Birlas...
O'qish
ISHCHI INSON MANFAATI — ENG OLIY QADRIYATIMIZ
Qadrli kasaba uyushmalari faollari va aʼzolari, aziz konchilar, hurmatli hamkasblar! Sizlarni 11 noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan sami...
O'qish
Ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari infografika
Ayni kunlarda aholini 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumi uchun ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari jadal davom etmoqda. “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan mavsum davo...
O'qish