Yong‘in xavfsizligi qoidalari targ‘ib qilinmoqda
Nashr qilingan sana: 21.11.2024 06:11:47

Respublikamizda 15-noyabrdan boshlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoni hamda “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining “Yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida” 490-sonli buyrug‘i asosida jamiyat tarkibiy tuzilmalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
21-noyabr kuni “Avtomobil texnologik transporti” filialida ko‘rgazmali targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbirda asosiy e’tibor korxona xodimlarining yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishi, nosoz holdagi elektr razetkalari, qo‘lbola elektr isitish vositalaridan foydalanmasligi, belgilanmagan joylarda tamaki mahsulotlarini chekmasligi bo‘yicha tushuntirish ishlari o‘tkazildi.
Tadbirni “O‘zbekko‘mir” AJ OYOXTTEB boshlig‘i, serjant A.Ye.Mamatkulov, Yong‘in nazorati va profilaktika inspektori, serjant A.To‘ychiyev hamda ATT filiali rahbar-xodimlari olib bordi.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish