Ichki audit xizmati auditori

Ichki audit xizmati auditori

Kasb

Ichki audit xizmati auditori

Ish joyi

O`zbekko`mir AJ  Ijro apparati

Oklad

Tasdiqlangan smetaga asosan

Yoshi

25

dan

 

gacha

Ma’lumoti

Iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot va kamida 5 yil ish tajribasi

Qo’shimcha kvalifikatsiya

ichki auditor sertifikatiga ega bo‘lish

Ish tajribasi (staj)

Yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yil

Bilishi kerak

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, o‘zlari faoliyat yuritayotgan davlat organlari va tashkilotining qarorlari, buyruqlari va farmoyishlari

Ishning tavsifi

Boshqaruv a’zolari va Jamiyat xodimlari tomonidan qonunchilikka,

Jamiyat Ustavi va ichki normativ hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish

va monitoring olib borish yo‘li bilan ularning ishini nazorat qilish

va baholash;

ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks

ettirilishining to‘liqliligi va ishonchliligini ta’minlash;

xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari

va taomillari, Jamiyat aktivlarining saqlanishi hamda korporativ

boshqaruv prinsiplarini joriy etish;

Kuzatuv kengashini ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit

tadbirlarining amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha Jamiyat faoliyatini

takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;

ichki audit tadbirlari jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni

bartaraf etish yuzasidan Kuzatuv kengashini xabardor qilgan holda

Boshqaruvga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf

etilishini nazorat qilish.

Tuziladigan xo‘jalik shartnomalarining qonunchilik hujjatlariga

muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o‘tkazish;

buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda

Jamiyatning tarkibiy bo‘linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya,

soliq, bank qonununchiligi va boshqa qonunchilik hujjatlari masalalari

bo‘yicha maslahatlar berish;

texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik

tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik

tekshirishlarini o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda

tavsiyalarni tayyorlashda Kuzatuv kengashiga ko‘maklashish;

Ish rejimi

08:00-17:00; haftalik 5 ish kuni

Maxsus va qo'shimcha shartlar

ichki auditor sertifikatiga ega bo‘lish

Talab etiladigan hujjatlar

Pasport yoki  ID karta, diplom yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat, mehnat daftarchasi, ma’lumotnoma (ob’ektivka)BARCHA HUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDA YUKLANISHI LOZIM.

Umumiy vakansiya uchun ariza berish





Ilova qilinadigan hujjatlar (obyektivka, pasport, diplom, guvohnoma, sertifikatlar va boshqa zarur hujjatlar)




Uzbekcoal.uz yangiliklariiga obuna bo'ling