1-yarim yillikda 2 374,4 ming tonna ko‘mir qazib olindi
Nashr qilingan sana: 25.07.2024 14:45:02
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida joriy yilning 1-yarim yilligi mobaynida 2 374,4 ming tonna ko‘mir qazib olindi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 101,1 foizni tashkil etdi. Iste’molchilarga 2 531,6 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,7 foizga tengdir.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida yanvar-iyun oylari mobaynida 37 turdagi 2,9 mlrd. so‘mlik butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarildi yoki 2023 yilning mos davriga nisbatan 112,3 foiz o‘sishga erishildi.
Yanvar-iyul oylarida jamiyatda ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 673,9 mlrd. so‘mni, taqqoslama narxlarda 563,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,3 foizga teng bo‘ldi.
25-iyul kuni “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatining 2024-yil 1-yarim yilligi yakunlari va galdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab O‘zbekiston milliy matbuot markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida korxona mas’ullari tomonidan yuqoridagi ma’lumotlar keltirib o‘tildi.
Jamiyat mas’ul xodim Erkin Ergashev, “Ko‘mir ta’minot” MChJ direktorining o‘rinbosari Farhod Hursanov ishtirokida o‘tkazilgan anjumanda ta’kidlanganidek, respublikamizda mavjud energiya resurslaridan samarali foydalanish va o‘sib borayotgan talabni qondirish maqsadida hukumatimiz tomonidan respublika bo‘yicha ko‘mir qazib olishni 2024-yilda 8 mln tonnaga, 2025-yilda esa 10 mln tonnaga yetkazish vazifasi qo‘yilmoqda. Ushbu vazifalardan kelib chiqib, “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan joriy yilda 6,2 mln tonna ko‘mir qazib olish rejalashtirilgan.
Shu maqsadda kon ustki qismini ochish ishlarini jadallashtirish uchun hukumat ko‘magi bilan lizing shartnomalari asosida jamiyatga Yaponiyada ishlab chiqarilgan 44 dona (yuk ko‘tarish quvvati 90 tn.) “Komatsu” samosvali va boshqa kon texnikalari keltirildi. Bugungi kunga qadar “Komatsu”larning 27 tasi ishga tushirildi, 15 tasi to‘liq yig‘ilib, foydalanishga taxt qilingan, yana ikkita “Komatsu” yig‘ilmoqda.
Jamiyatda ko‘mir sifatini yaxshilash, shuningdek mahsulot tannarxini kamaytirish tadbirlari ham izchil olib borilmoqda. Xususan, .2024-yilning 1-yarim yilligida 2 562,680 ming kVt/soat elektr energiyasi iqtisod qilindi. Jamiyat ma’muriy binolari va korxonalariga o‘rnatilgan quyosh qurilmalari (6ta quyosh paneli, 5ta quyosh suv isitgichi) hisobiga yanvar-iyun oylarida qo‘shimcha 147,817 ming kVt elektr tejaldi
Tadbirda jamiyat tomonidan galdagi ustuvor vazifalar haqida ham so‘z yuritildi. Xususan, 2-yarim yillikda 32,9 mln. kub metr hajmida kon ustki qatlamini ochish (yillik reja 48,6 mln.kub metr), 3,8 mln. tonna – ko‘mir qazib olish, asosiy iste’molchilarga 3,4 mln.tonna (issiqlik elektr stansiyalariga – 1,2 mln.tonna, aholiga – 1 165,8 ming tonna ko‘mir yetkazib berish; birja savdolariga 660,0 ming tonna ko‘mir mahsuloti chiqarish rejalashtirilgan.
Tadbirda aholi va budjet tashkilotlarini ko‘mir bilan ta’minlash bo‘yicha ham atroflicha ma’lumotlar berildi. Hukumat tomonidan tasdiqlangan ko‘mir resurslari va taqsimotining tasdiqlangan dastlabki balansi prognoz ko‘rsatkichlari”ga ko‘ra, “Ko‘mir ta’minot” MChJ tomonidan 2024/2025 yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika aholisi va budjet tashkilotlariga jami 1 898,7 ming tonna, shundan aholiga 1 248,7 ming tonna, budjet tashkilotlari uchun jami 650ming tonna, shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjet tashkilotlariga 388,4 ming tonna, (DXSh asosida tadbirkorlik sub’ektlariga 261,6 ming tonna) mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
23-iyul holatiga budjet tashkilotlariga 168 769 tonna, DXSh asosidagi tadbirkorlik sub’ektlariga 8 623 tonna, aholiga 45 817 tonna ko‘mir tarqatildi. Respublika bo‘yicha olis va borish qiyin bo‘lgan qishloq (ovul)lar aholisi 16 853 ming tonna mahalliy ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlandi.
Aholi va budjet tashkilotlariga mahalliy ko‘mir mahsulotlarini tarqatish uchun “Ko‘mir ta’minot” MChJning 90 ta hududiy ko‘mir ombori va 13 ta shoxobchasi ishlab turibdi.
Anjumanda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mas’ullardan atroflicha javoblar oldilar
Ne‘mat Dushayev,
“O‘zbekko‘mir” AJ matbuot kotibi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Yong‘in xavfsizligi qoidalari targ‘ib qilinmoqda
Respublikamizda 15-noyabrdan boshlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-...
O'qishDavlat xizmatchisiga tadbirkorlik taqiqlanadi
Shu yilning 6-dekabr kunidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiradi. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyador...
O'qishIste'molchi murojaati joyida ijobiy hal etildi
Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masala...
O'qishRespublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Yon...
O'qish