“Angren” ko‘mir konida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 23.02.2023 03:22:32"Angren koʻmir koni" filialining portlovchi moddalar saqlash va tarqatish omborida maxsus taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi
"Oʻzbekkoʻmir" AJ «Angren ko‘mir koni» filiali favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tuzilmalari shartli zilzila, yong‘in, ko‘chki paytida qutqaruv, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mahoratlarini namoyish qildilar.
Tadbirda favqulodda vaziyatlar shahar tuzilmalari rahbariyati Markaziy dispetcherlik markazida birlamchi taqdim etilgan axborot bilan tanishib, taktik mashgʻulotlar oʻtkaziladigan joyga tashrif buyurdilar.
Tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari mavzusida maxsus taktik oʻquv mashgʻulotlarida "Oʻzbekkoʻmir" AJ Fuqaro muhofazasi tuzilmalari, Angren kon inspeksiyasi, 2-AHKQV, Angren shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimi, YoHTTE, Angren shahar markaziy shifoxonasi vakillari ishtirok etdi.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish va bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va yangi investisiya loyihalari yuzasid...
O'qish
"O'zbekko'mir” AJ da “DOLZARB 30 KUN” oyligi davom etmoqda
“Dolzarb 30 kun” oyligi: xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda Yurtimizda joriy yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aho...
O'qish
Avtomobilga bog‘liq hayotdan chiqish vaqti keldi?
Odatdan siyosatga aylanayotgan o‘zgarish Bugun hayotimizni avtomobilsiz tasavvur qilish qiyin. Zamonaviy shahar hayoti, ishga yetib borish, xizmat ko‘rsatish va kundal...
O'qish
Ekologik xavfsizlik ustuvor vazifaga aylanmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF–46-son Farmoni bilan atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasi tas...
O'qish