Arzonlashtirilgan koʻmir talon-taroj qilinishining oldini olishga bagʻishlagan tadbirlar
Nashr qilingan sana: 29.11.2023 12:36:08"Oʻzbekkoʻmir" AJ Ishchi guruhining "Aksilkorrputsiya oyligi" doirasidagi navbatdagi targʻibot tadbiri Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh tumanida tashkil etildi.
Taxiatosh tuman hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishni "Oʻzbekkoʻmir" AJ Ishchi guruhi raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbari E.Amanov olib bordi. Unda tuman hokimi oʻrinbosari Gʻ.Bektemirov, "Koʻmir taʼminot" MCHJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali va hududiy koʻmir omborlari masʼul xodimlari hamda tumandagi tabiiy gaz yetib bormagan yoki tabiiy gaz tarmogʻidan uzilgan ovul fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirok etdi.
Aholi isteʼmolchilarini arzonlashtirilgan mahalliy koʻmir bilan taʼminlashni namunali tashkil etish, mahsulot talon-tarojining oldini olishga qaratilgan tadbirda korrupsiya xavfli illat ekanligi, ushbu illatga qarshi mamlakatimizda keskin kurash boshlangani alohida taʼkidlandi.
Jarayonda 9 dekabr - Xalqaro korrupsiya kuni munosabati bilan respublikamiz boʻylab oʻtkazilayotgan "Aksilkorrupsiya oyligi" tadbirlarining mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berildi. Ayni paytda "Koʻmir taʼminot" MCHJ Qoraqalpogʻiston filiali va koʻmir omborlari masʼul xodimlarining aholini arzonlashtirishgan koʻmir bilan taʼminlash borasidagi masʼuliyati eslatilib, korrupsiyaviy holatlardan saqlanishi xususida ogohlantirildi va ulardan bu haqida kafolat xatlari olindi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Yong‘in xavfsizligi qoidalari targ‘ib qilinmoqda
Respublikamizda 15-noyabrdan boshlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-...
O'qishDavlat xizmatchisiga tadbirkorlik taqiqlanadi
Shu yilning 6-dekabr kunidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiradi. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyador...
O'qishIste'molchi murojaati joyida ijobiy hal etildi
Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masala...
O'qishRespublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Yon...
O'qish