BAYRAMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN, AZIZ USTOZ VA MURABBIYLAR!
Nashr qilingan sana: 28.09.2023 03:46:481 oktyabr - mamalkatimizda Oʻqituvchi va murabbiylar kuni.
Har birimizning komil inson boʻlib voyaga yetishimizda, yetuk kasb egasi boʻlib jamiyatda oʻz oʻrnini topishida ustoz-murabbiylarning xizmati beqiyosdir.
Oʻzining 75 yillik tarixi davomida Oʻzbekiston koʻmir sanoati sohasida minglab mohir konchilar yetishib chiqdi, ular orqali konchilar sulolalariga asos solindi. Ular oʻz bilim va tajribalarini yoshlarga sabot bilan oʻrgatib, konchilik kasbi nufuzini tobora oshirib kelmoqdalar. "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida mustaqillik yillari yigirmadan ortiq konchi Vatanimizning yuksak mukofotlariga sazovor boʻlgani ushbu kasb egalari va muhtaram ustozlarga yuksak eʼtirom namunasidir.
Bugungi kunda "Oʻzbekkoʻmir" AJda olti ming nafardan koʻproq kishi samarali mehnat qilib, yoqilgʻi qazib chiqarish va isteʼmolchilarga yetkazib berishdek sharafli va masʼuliyat vazifa bilan band. Bu borada oʻz kasbini puxta egallagan va "ustoz-shogird" anʼanalari asosida kasb mahoratini yosh mutaxassislarga oʻrgatib kelayotgan aziz ustozlarning mehnati alohida tasinga sazovordir.
Bugun Angren shahridagi "Zamin-2" tantanalar zalida ustozlar kuniga bagʻishlab tantanali tadbir oʻtkazilmoqda. Tadbirni "Oʻzbekkoʻmir" AJ Birlashgan kasaba uyushmalari qoʻmitasi raisi A. Qayumov hamda "Angren koʻmir koni" filiali direktori A. Korchagin kirish soʻzi bilan ochib berdi. Unda ustoz va murabbiylarimiz shaʼniga iliq soʻzlar aytib, ularni bayram bilan qutlaymiz. Tantanali tadbirda Oʻzbekiston xalq artisti Turgʻun Beknazarov oʻzining badiiy chiqishlari bilan bayramona kayfiyat bagʻishladi. Bayram tadbiridan soʻng "Oʻzbekkonsert" davlat muassasasi sanʼatkorlari taqdim etadigan bayram konserti ham Siz aziz ustozlarimizga bagʻishlanadi.
Fursatdan foydalanib, koʻmir sanoati faxriylari va ustoz-murabbiylarimizni bayram bilan samimiy muborakbod etaman. Umringiz uzoq, martabangiz hamisha baland boʻlaversin!
https://t.me/uzbekcoaluz
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish