Brifing: iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi
Nashr qilingan sana: 17.04.2026 10:56:35“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026-yilning yanvar–mart oylarida iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi. Bu boradagi reja 104,6 foizga bajarildi. Ushbu asosiy hajm “Angren” koni hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bu haqda joriy yil yakunlari hamda jamiyatda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari yuzasidan “O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati mutaxassisi Ilhom Bazarbayev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Mahalliy ko‘mir iste’molchilarga quyidagicha yetkazib berildi va bu boradagi reja 104,6 foizga bajarildi:
– issiqlik elektr stansiyalariga – 1 mln 86,1 ming tonna;
– byudjet tashkilotlariga – 7,1 ming tonna;
– aholi ehtiyojlari uchun – 131,1 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berilgan.
Shuningdek, birja savdolari orqali va to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida 557,7 ming tonna (169,6%) ko‘mir sotildi.
Shu maqsadda yanvar–mart oylarida 6 million 914 ming kub metr hajmda kon yuzasi ochildi. “Angren ko‘mir” konida 5,8 mln kub metr, “Apartak” konida esa 1,1 mln kub metr hajmda ishlar amalga oshirildi.
Jamiyat tomonidan 2024-yilda mycoal.uz portali ishga tushirilib, u orqali ko‘mir qazib olishdan tortib uni iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni onlayn kuzatish yo‘lga qo‘yilgan. Bu mahsulot harakatining to‘liq shaffofligini ta’minlash, hisob-kitoblarni aniq yuritish va inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.
Brifingda qayd etilishicha, ayni paytda transformatsiya jarayonlari izchil davom etmoqda. Xususan, xalqaro konsalting kompaniyasi KPMG tomonidan xarid tizimi chuqur tahlil qilinib, uni to‘liq raqamlashtirish, ichki nazorat va komplayens tizimini kuchaytirish hamda shaffoflikni oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan. Bu esa moliyaviy intizomni mustahkamlash va resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Shu bilan birga, xarid jarayonlarini raqamlashtirish, ichki nazoratni kuchaytirish hamda ombor va zaxiralarni samarali boshqarish bo‘yicha islohotlar davom etmoqda.
Ushbu chora-tadbirlar ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash, resurslardan oqilona foydalanish va mahsulot realizatsiyasini yanada tizimli hamda samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Jonli efir: https://www.youtube.com/live/uYZByIt27VE?si=tWw1KaUFo4gpuLvL
Oxirgi yangiliklar:
Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi tomonidan “Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tart...
O'qish
Konchilar birdamligi sport maydonida namoyon bo‘ldi
"O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyatida Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan “Konchilar spartakiadasi” sport musobaqasi tashkil etildi. Tadbir...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: mehnat va sport bizga nima beradi?
Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni yaqinlashib kelayotgan bu kunlarda aksiyadorlik jamiyatimizda bayram ruhi, jamoaviy birlik va ko‘tarinki kayfiya...
O'qish
Bayramlar inson qalbiga ruh bag‘ishlaydi
Yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari, muhim sanalar va kasb bayramlari xalqimizni birlashtiruvchi, inson qalbiga g‘urur va iftixor bag‘ishlovchi qutlug‘ ayy...
O'qish