Elektr ishlab chiqarishda ko‘mirdan voz kechiladimi?
Nashr qilingan sana: 22.01.2024 07:26:12Ekspertlar ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahridagi havo ifloslanishini avtomatik nazorat qiluvchi stansiyalar tomonidan uglerod oksidi (CO) miqdori JSST tomonidan belgilangan normadan 4,4 baravar ortgani qayd etilgan. Ohangaron vodiysi hududida ham bunday salbiy holatni kuzatish mumkin. Xo‘sh, havo ifloslanishiga qanday omillar sabab bo‘lmoqda?
Eng avvalo, joylarda daraxt va butalarni palapartish kesish ekologik muvozanat buzilishiga olib kelmoqda. Shaharsozlik rejalari tasdiqlanmasdan qurilish ishlarining jadal amalga oshirilishi, jamoat transporti rivojlanmagani va infratuzilma yo‘qligi, sanoatdagi maishiy chiqindilar hajmining ortishi va boshqa shu singari omillar havo ifloslanishini keltirib chiqarmoqda.
Havo ifloslanishiga yuqoridagi omillar qatori ko‘mir va mazutdan foydalanish ham sabab bo‘lmoqda. Bundan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
So‘ngi yillarda uglevodorodlardan, jumladan, ko‘mirdan foydalanish hajmlarining o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, ko‘mir yoqish jarayonida ajralib chiquvchi ifloslantiruvchi moddalar atrof-muhit, jumladan, atmosfera havosi, tuproq va suv resurslarining ifloslanishiga olib keladi.
Misollarga murojaat qilsak, 10 tonna ko‘mir yoqilganida atmosfera havosida 220 kg qurum, 360 kg oltingugurt II oksidi, 64 kg uglerod oksidi, 16 kg azot II oksidi va 2 tonna kul chiqindisi hosil bo‘lar ekan.
Bugungi energetik a inqirozi sharoitida ko‘mir va mazutdan oz kechish ortga surilayotganini tushunsa bo‘ladi. Bu ish, dabrustdan emas, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Hozirgi kunda eng oqilona yo‘l – ko‘mirga bog‘langan sanoat korxonalarini energiyasamarador texnologiyalarga o‘tkazishdir.
Bu borada dastlabki qadam tashlangan, ya’ni 2016 yilda Angren issiqlik elektr stansiyasida yangi va zamonaviy energoblok qurib foydalanishga topshirilgan.
Yaqinda stansiyada bo‘lib, yangi va eski energobloklar faoliyati bilan tanishdik. Yangi energoblok muttasil ishlab turgan, uning qozonxonasida tinimsiz ko‘mir yoqilayotgan bo‘lsa-da, mo‘risidan tutun chiqayotgani mutlaqo sezilmaydi. Ichkari ham toza, saranjom-sarishta, xuddi oq xalat kiyib yursa bo‘ladigan zamonaviy klinika deysiz.
– Yangi energoblokda issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarishning atrof-muhitga deyarli zarari yo‘q. Xususan, ko‘mir yoqilganida hosil bo‘ladigan zararli gazlar bu yerda o‘rnatilgan kuchli elektr filtrlarda 98 foizgacha tutib qolinadi, – deydi 1-qozon-turbina syexi boshlig‘i Xusniddin Ahmedov.
Suhbatdoshimizning aytishicha, stansiyadan ishlab chiqarilayotgan issiqlik va elektr energiyasining 60 foizi yangi energoblok ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda shuncha energiya hosil qilish uchun atigi 84 kishi band. 1957-63 yillarda qurilgan energobloklarning esa samarasi kam, atrof-muhitga zarari esa yuqori.
Quvonarlisi, stansiyada har birining quvvati 300 megavattdan bo‘lgan yana 2 ta, ko‘mir yoqilg‘isida ishlaydigan yangi, zamonaviy energoblok qurilishi rejalashtirilgan. Ular 2024-2025 yillarda ishga tushiriladi.
Angren ko‘miri – tabiat in’om etgan ulkan boylik. Hozirgi energiya taqchilligi sharoitida ushbu boylikdan tejab-tergab, oqilona foydalanish maqsadga muvofiq. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati matbuot kotibi Ne’mat Dushayev tasdiqlashicha, talabning kuchayishiga qarab jamiyat tomonidan ko‘mir qazib olish hajmlari oshirilgan. O‘z navbatida ko‘mir qazib olish, tashish jarayonlarida atrof-muhitga, jumladan tuproq va suv resurslariga zarar yetkazmaslik yoki ushbu zararni minimallashtirish choralari muttasil ko‘rilmoqda.
O‘z navbatida ko‘mirga bog‘langan issiqlik elektr stansiyalari bilan birga tadbirkorlik sub’yektlari, ijtimoiy soha muassasalari, shuningdek aholi iste’molchilari ham bosqichma-bosqich zamonaviy pechlardan foydalanishga o‘tishi taqazo etiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilinsa, ekologiyaga aytrali zarari yo‘q yoki juda kam bo‘lgan texnologiyalardan keng foydalanilsa, atrof-muhit musaffoligini ta’minlashda ko‘zlangan samaraga erishish imkoniyatlari yanada kengayadi.
Barchinoy Mirzaliyeva.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA
“O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 28-noyabrdagi yig‘ilish qaroriga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-y...
O'qish
Brifing: “O‘zbekko‘mir” AJda korrupsiyaga qarshi islohotlar va amaliy ishlar
Ayni kunlarda mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi davom etmoqda. Ushbu oylik BMT Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq...
O'qish
Ochiq eshiklar kuni: jamoatchilik bilan uchrashuv
2025-yil 15-dekabr kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi....
O'qish
Qish keldi, ko‘mirdan muammo yo‘q...mi?
Bu savolga yorug‘ yuz bilan dadil javob berish uchun viloyatimizning har bir go‘shasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari puxta olib borildi. Qahraton kund...
O'qish