Favqulodda vaziyatlarga qarshi vazifalar belgilab olindi
Nashr qilingan sana: 16.02.2024 06:10:14O‘zgidromet xabariga ko‘ra 16-18-fevral kunlari respublikamizda havoning sovib ketishi kutilmoqda.
Bu esa iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishni talafotlarsiz va bir maromda tashkil etish, ijtimoiy soha ob’yektlari hamda aholi yashash xonadonlarida energiya ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini talab etadi.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida aynan shu mavzuda davra suhbati o‘tkazildi.
“Qurilish-montaj ishlari” filialida tashkil etilgan tadbirda iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga ko‘mir yoqilg‘isini barqaror yetkazib, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli masalalarni tezkor bartaraf etish, baxtsiz hodisa va favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari atroflicha muhokama etilib, dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Jamiyat favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining yong‘in xavfi chiqqanida va boshqa favqulodda vaziyatlardagi harakatlari bo‘yicha o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish