Geologiya tarmoqlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlar koʻrsatib oʻtildi
Nashr qilingan sana: 02.08.2023 09:38:40Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni foydali qazilmalar zaxirasi va ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirishga oid taqdimot bilan tanishdi.
Mamlakatimizda geologiya sohasiga katta eʼtibor qaratilib, zamonaviy texnologiyalar joriy qilingani natijasida yerosti boyliklarini aniqlash koʻlami kengaydi. Ularni qazib olish va qayta ishlash loyihalariga xorijiy investitsiyalar kirib kelmoqda.
Xususan, soʻnggi olti yilda kaolinni qayta ishlash boʻyicha 148 million dollarlik 15 ta yangi loyihalar ishga tushgan. Natijada tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 barobar koʻpayib, eksport 65 million dollarga yetgan. Shu davrda koʻmir qazib chiqarish hajmi 1,4 barobar oshib, 5,4 million tonnaga yetgan.
Taqdimotda shu sohadagi, jumladan, koʻmir, kaolin va uran hajmini oshirishga qaratilgan rejalar haqida axborot berildi.
Qayd etilganidek, bu yil 6,7 million tonna koʻmir qazib olish reja qilingan.
Kaolin boʻyicha qiymati 620 million dollarlik 33 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Undan yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga joriy yilda eksportni 81 million dollarga, 2030 yilga borib 180 million dollarga yetkazish moʻljallangan.
Shuningdek, uran zaxirasini oʻstirish boʻyicha xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda geologiya-qidiruv ishlari davom ettiriladi.
Davlatimiz rahbari mutasaddilarga bu yoʻnalishlarda natijadorlikni yanada oshirish imkoniyatlarini koʻrsatib oʻtdi. Mavjud xomashyo bazasi, noyob texnologiyalar va kadrlar salohiyatidan unumli foydalanib, mahsulotlar hajmini koʻpaytirish vazifasi qoʻyildi.
Surxondaryodagi toshkoʻmir boʻyicha 5 ta istiqbolli maydonni xususiy sektorga berib, geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish, Angrenda qazib olinadigan koʻmir sifatini yaxshilash va saralash texnologiyalarini joriy etish boʻyicha koʻrsatma berildi.
Yangi kaolin konlarini topish va oq kaolin zaxirasini 200 million tonnaga yetkazish, uni qayta ishlash loyihalarini koʻpaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Gidrotermal va qora slanesli uran konlarini oʻzlashtirishga xorijiy investorlar jalb qilinishi belgilandi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Yong‘in xavfsizligi qoidalari targ‘ib qilinmoqda
Respublikamizda 15-noyabrdan boshlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-...
O'qishDavlat xizmatchisiga tadbirkorlik taqiqlanadi
Shu yilning 6-dekabr kunidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiradi. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyador...
O'qishIste'molchi murojaati joyida ijobiy hal etildi
Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masala...
O'qishRespublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Yon...
O'qish