Ishchilarning ish haqi oshiriladi
Nashr qilingan sana: 04.12.2023 02:24:22“Oʻzbekkoʻmir” AJ ishchi-xodimlarining ish haqi miqdorini oshirish toʻgʻrisida” “Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktorining 457-sonli buyrugʻi qabul qilindi.
Buyruqqa koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2023 yil 17 noyabrdagi PF-196-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida 2023 yil 1 dekabrdan boshlab “Oʻzbekkoʻmir” AJ ishchi-xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshirildi.
Buyruq bilan “Oʻzbekkoʻmir” AJning ish haqi toʻlash boʻyicha tarmoq tarif setkasi ilovalarga asosan tasdiqlandi.
“Oʻzbekkoʻmir” AJning 2023 yil 20 apreldagi “Oʻzbekkoʻmir” AJ ishchi-xodimlarining ish haqi miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 15-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan 1-ilovadagi tarif setkasi, “Oʻzbekkoʻmir” AJning 2023 yil 22 iyundagi 243-sonli “Oʻzbekkoʻmir” AJ ishchilari mehnatga haq toʻlash tarmoq tarif setkasi toʻgʻrisida”gi buyruqning 1-bandi 2023 yilning 1 dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
Buyruqda “Oʻzbekkoʻmir” AJ ijro apparati va barcha filial boshliqlariga shtat jadvallari oʻrnatilgan tartibda yangi lavozim okladlari va tarif stavkalari boʻyicha qayta tuzilib, 3 kunlik muddatda tasdiqlashga taqdim etish topshirildi.
Buyruqning bajarilishini nazorat qilish bosh direktorning oʻrinbosari E. Yakubov zimmasiga yuklatildi.
Sherzod Begmatov,
“Oʻzbekkoʻmir” AJ ijro apparati mehnat va ish haqi boʻlimi boshligʻi
https://t.me/uzbekcoaluz
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish