Ishni toʻgʻri tashkil etish samarasi
Nashr qilingan sana: 14.07.2023 07:59:15“ATT” (Avtomobil-texnologik transporti" filialida joriy yil 1-yarmida ogʻir yuk tashuvchi texnologik transportlar tomonidan 7 mln. 533,1 ming kubometr hajmida ish bajarilib, bu rejaga nisbatan 104.3 foizni tashkil etdi.
‒ Ushbu natijaga erishish oʻz-oʻzidan boʻlgani yoʻq, eng avvalo ishbay ish ishlaydigan haydovchilar oʻrtasida toʻgʻri tushuntirishlar olib borildi, ‒ deydi filial mehnat va ish haqi boʻlimi boshligʻi U.Abdusalomov. ‒ Hozirgi paytda har bir haydovchi qancha togʻ jinsi tashisa, masofasiga qarab, qancha ish haqi olishni yaxshi biladi va smena davomida har qachongidan koʻra yuqoriroq natijaga erishishga harakat qiladi.
APREL-iyun oylari yakuniga koʻra, “BelAZ” samosvali haydovchilari Anvar Kabilov, Ahmadali Begmuratov, Azamat Abdusamatovlar 24 ming 445 kubometr hajmida togʻ jinslari tashib, yuqori natija koʻrsatdilar. Oʻz navbatida ular boshqa haydovchilarga ancha koʻp ishbay maosh oldilar.
Filialning 2-avtosaroyi tajribali va tinimsiz izlanishda boʻlgan Jasurbek Xakimov boshqarmoqda. U taʼmirlash ustaxonasini Bahrom Maxatov bilan birga sexda faoliyat yuritayotgan ishchilar uchun shart-sharoitlar yaratishning barcha imkoniyatlaridan foydalanmoqdalar.
Bahrom Maxatovning aytishicha, “Angren” koʻmir koni mexanika sexi boshqa hududga koʻchib oʻtgandan tashlandiq holga kelib qolgan maydoni tozalanib, hashar yoʻli bilan mevali daraxt koʻchatlari ekib koʻkalamzorlashtirildi, boʻsh turgan binoda xodimlar oʻzlariga ajratilgan xonalarda ehtiyot qismlar taxlaydigan stellajlar yasadilar, ular ish jarayonida kerak boʻladigan asbob-anjomlar bilan jihozladilar. Ayni paytda ikkinchi qavatda quruvchilar ishchilar uchun kiyim almashtirish va hammom bunyod etmoqdalar.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yangi g‘oyalar – yangi yutuqlarning boshlanishidir!
#Eng_yaxshi_ixtirochi_tanlovi_haqida_suhbat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyas...
O'qish
“Yoshlar oyligi” doirasida qiziqarli sport musobaqalar
2-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilayotgan sport musobaqalariga start berildi. 2-iyun kuni sportning v...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: Tiklanish va taraqqiyot yillari
Xorij matbuoti O‘zbekistonning boy foydali qazilmalari haqida ma’lumot bermoqda. Toshkent viloyatida joylashgan Angren ko‘mir havzasida nafaqat qo‘ng‘ir, balki kulrang va...
O'qish
Ko‘mir ‒ sanoatni harakatlantiruvchi kuch
«O‘zbekko‘mir» AJ qo‘ng‘ir ko‘mir qazib olish va mahalliy iste’molchilarga yetkazib berish borasida yaxshi natijalarga erishmoqda. 2024-yilda Jamiyat tomonidan 6,7 mln to...
O'qish