Jizzax viloyatida byudjet tashkilotlarini koʻmir bilan taʼminlash ishlari qanday tashkil etilmoqda?
Nashr qilingan sana: 20.07.2023 04:59:14"Koʻmir taʼminot" MCHJ Jizzax viloyati filiali rahbari MIrza Hurramov quyidagicha maʼlumot berdi:
"Viloyat boʻyicha ijtimoiy sohalarning koʻmir mahsuloti uchun boʻlgan ehtiyoji jami 34260 tonnani tashkil etadi.
Jumladan: Maktabgacha va maktab taʼlimi 31967 tonna, sogʻliqni saqlash 1680 tonna, professional taʼlim 553 tonna va madaniyat 60 tonna ehtiyoji mavjud.
1. Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi boshqarmasi tizimidagi 718 ta muassasa uchun joriy mavsumda 31 967 tonna koʻmir mahsuloti olish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 12 ta tumandagi 619 muassasaga 27 770 tonnani "Koʻmir taʼminot" MCHJ tomonidan taʼminlash koʻzda tutilgan.
2023 yil 18 iyul holatiga MMT sohasidagi 425 ta muassasaga 19101 tonna yoki 60% koʻmir yetkazib berilgan.
2. Sogʻliqni saqlash tizimidagi 120 ta muassasada joriy mavsumda 1680 tonna koʻmir mahsuloti olish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 12 ta tumandagi 156 tasiga 1596 tonna "Koʻmir taʼminot" MCHJ tomonidan taʼminlash koʻzda tutilgan.
2023 yil 18 iyul holatiga sogʻliqni saqlash sohasidagi 85 ta muassasaga 1596 tonna yoki 100% koʻmir yetkazib berilgan.
3. Professional taʼlim tizimidagi 3 ta muassasaning 3 tasiga "Koʻmir taʼminot" MCHJ tomonidan 553 tonna koʻmir yetkazish rejalashtirilib, 2023 yil 9-iyul holatiga Professional sohasidagi 3 ta muassasaga 553 tonna yoki 100 % koʻmir yetkazib berilgan.
4. Madaniyat va turizm sohasidagi 2 ta muassasaga joriy mavsumda 60 tonna koʻmir olish rejalashtirilib, shundan 2 ta tumandagi 2 tasiga 60 tonna "Koʻmir taʼminot" MCHJ tomonidan taʼminlash rejalashtirilgan.
2023 yil 18 iyul holatiga madaniyat markazlariga 15 tonna yoki 25% koʻmir yetkazib berilgan.
Yuqoridagilarga koʻra, 2023 yil 18 iyul holatiga koʻmir omborlarida 5221 tonna koʻmir qoldigʻi mavjud.
Oxirgi yangiliklar:
Murojaatlar bilan ishlash: ochiqlik va samaradorlik ustuvor
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi...
O'qish
Yashil makon: biz ekkan teraklar ko‘kka cho‘zar bo‘y
Xabaringiz bor, mamlakatimizda haftaning har payshanba kuni rahbar va yoshlar kuni sifatida belgilangan. Joriy yilning 3-aprel kuni “Oʻzbekkoʻmir” AJda ana shu an’ana “Ya...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: xarid tizimi to‘liq yangilanadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini yanada ochiq, tushunarli va samarali qilish maqsadida xalqaro konsalting kompaniyasi – KPMG tomonidan keng qamr...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: 2026-yil yanvar–mart yakunlari va transformatsiya jarayonlari
#Infografika “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026-yil yanvar–mart oylari yakunlari hamda jamiyatda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari h...
O'qish