Kasaba uyushmalari kuni keng nishonlanmoqda
Nashr qilingan sana: 08.11.2023 05:06:43Bugun 8-noyabr kuni, "Oʻzbekkoʻmir" AJning "Temir yoʻl transporti" filialida aksiyadorlik jamiyatining xodimlari ishtirokida yaqinlashib kelayotgan 11 noyabr - Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirni "Oʻzbekkoʻmir" AJ Birlashgan kasaba uyushmalari qoʻmitasi raisi Abdunosir Qayumov kirish soʻzi bilan ochib berar ekan, yangi qabul qilingan Jamoa shartnomasida taqdim etilgan kafolatlar, kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonunchilik normalari hamda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksidagi oʻzgartirishlar haqida soʻz yuritdi. Sana munosabati bilan jamiyat kasaba uyushmalari faollariga ezgu tilaklar bildirilib, tadbir soʻngida faol xodimlarga bayram munosabati bilan sovgʻalar taqdim etildi.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashinin...
O'qish
2026-yil I chorak: korrupsiyaga qarshi faoliyat
Komplayens-nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son...
O'qish
INNOPROM–2026: yangi imkoniyatlar va strategik hamkorliklar maydoni
2026-yil 20-22-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan INNOPROM – Markaziy Osiyo xalqaro sanoat ko‘rgazmasi “O‘zbekko‘mir” AJ uchun ilg‘or texnologiyalar, zamonav...
O'qish
KCHM Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2026-yil 23-aprel kuni Toshkent shahridagi KCHM Group korxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan te...
O'qish