Konchilarimiz so'zchisi 60 yoshda
Nashr qilingan sana: 24.11.2023 19:03:22Taniqli jurnalist, mohir muharrir, bolalar shoiri Neʼmat Dushayev tavalludining 60 yilligiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy kecha boʻlib oʻtdi.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ, Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Angren shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu adabiy tadbir "Dunyo bir chamandir!" deb nomlanib, unga keng jamoatchilik vakillari, yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, ijodkor talaba-yoshlar taklif etildi.
Qoʻhna va salohiyatli Toshkent viloyatida bir qator tuman va shaharlarda oʻziga xos adabiy muhit shakllangan. Xususan, Xayriddin Salox, Abdugʻaffor Ubaydullayev, Ilash Razzoqov, Nigora Jaloliddin qizi, Adham Tursunqulov, Farrux Ahmedov kabi shoir va yozuvchilar, dunyoga kelgan. Betakror tabiati bilan nom qozongan zamin Angrenda, ana shu safning munosib vakili, Angren ijodiy muhitidan yetishib chiqqan ajoyib isteʼdod sohibi Toshkent viloyatining ardoqli farzandi, taniqli bolalar shoiri, jurnalist Neʼmat Dushayev 60 yoshni qarshiladi.
Neʼmat Dushayev 1963 yil Angrenda tavallud topgan. U oʻz dardi va oʻz soʻziga ega ijodkor sanaladi. Ijodkor nainki bolalar, balki kattalar shoiri hamdir. Bugungacha "Ohangaron", "Angren haqiqati", "Dovon", "Ulugʻ yoʻl" gazetalarida, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi — OʻzAda samarali faoliyat koʻrsatdi. Ayni paytda N.Dushayev "Oʻzbekkoʻmir" AJ bosh direktorining matbuot kotibi vazifasida xizmat qilib kelayapti.
U serqirra ijodiy faoliyati mobaynida publitsistik maqolalar, sheʼrlar va hikoyalar yozdi. Ayniqsa, bolalar uchun bagʻishlangan kitoblari allaqachon oʻz muxlislarini topgan va bolajonlar tomonidan sevib oʻqilmoqda. Yaqinda shoirning bir turkum sheʼrlari maktab darsligidan ham oʻrin olgani shoir sheʼrlariga berilgan eng yuksak bahodir. Bugungi kungacha shoirning oʻnlab kitoblari dunyo yuzini koʻrdi.
Tadbirda "Oʻzbekkoʻmir" AJ vakillari E. Ergashev hamda Kasaba uyushmasi raisi B. Xasanovlar mehnat jamoasi nomidan ijodkora iliq tilaklar bildirishdi. Qolaversa, uchrashuv davomida Neʼmat Dushayev ijodi xususida batafsil soʻz yuritildi. Badiiy-musiqiy dastur ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

"Jamoatchilik fikri asosida konchilik va geologiya sohalarida shaffoflik va korrupsiyaga qarshi kurashish choralari"
Jamoatchilikning konchilik va geologiya korxonalari faoliyatiga munosabati, sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni taʼminlash yoʻnalishida amalga oshirilay...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yangi xarid lotlari e'lon qilindi
"O‘zbekko‘mir" AJ Xt-xarid.uz elektron platformasining "Eng maqbul takliflarni tanlash" ilovasi orqali "Angren ko‘mir koni" filialining buyurtmasiga asosan burg‘ulash usk...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yangi xarid lotlari e'lon qilindi
"O‘zbekko‘mir" AJ xt-xarid.uz elektron platformasining "Eng maqbul takliflarni tanlash" ilovasi orqali "E va TT" filialining yillik ehtiyoj, xatlarida belgilangan elektr...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ "Avtomobil texnologik transporti" filialida ishchi-xodimlar Milliy liboslarda
Milliy libos – xalqning ma'naviy qiyofasi Milliy libos har bir xalqning boy tarixini, madaniyatini, urf-odat va an’analarini o‘zida aks ettiruvchi muhim madaniy meros...
O'qish