Konferensiya: Jamoa shartnomasi ijrosi muhokama qilindi
Nashr qilingan sana: 17.04.2026 14:46:23
2026-yilning 17-aprel kuni Unda jamiyat tizimidagi korxonalardan saylangan delegatlar, jamiyat rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, mutaxassislar hamda kasaba uyushmasi faollari ishtirok etdi.
Yig‘ilishni jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A. Qayumov qisqacha kirish so‘zi bilan ochib berdi. Kun tartibiga muvofiq, 2023–2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2025 yildagi bajarilishi holati atroflicha muhokama qilindi. Mas’ullar tomonidan shartnoma doirasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy majburiyatlarning ijrosi, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, mehnat muhofazasi talablariga rioya etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobotlar taqdim etildi.
Konferensiyada jamiyat bosh direktorining birinchi o‘rinbosari O. Ismailov hamda Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A. Qayumov so‘zga chiqib, jamoa shartnomasi ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Saidmurod To‘xtaev ham yig‘ilishda ishtirok etib, jamiyat tizimida mehnat jamoalari o‘rtasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ijobiy baho berdi.
Yig‘ilishda, shuningdek, 2025-yilda jamoa shartnomasi ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan muhokamalarda belgilangan vazifalarning bajarilishi ham tahlil qilindi. Qayd etilganidek, o‘tgan davr mobaynida qator ijobiy natijalarga erishilgan bo‘lsa-da, ayrim yo‘nalishlarda kamchiliklar mavjudligi ta’kidlandi.
Jarayonda “O‘zbekko‘mir” aksiya-dorlik jamiyatining 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loihasi ham keng muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida ushbu hujjatni takomillashtirish, uning ijrosini yanada samarali tashkil etish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida tegishli qarorlar qabul qilinib, jamoa shartnomasining 2026 yildagi ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Nodira G‘aniYeva,
“O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi mutaxassisi
Oxirgi yangiliklar:
"O'zbekko'mir" AJ BKUQ raisi A.Qayumovning bayram tabrigi
Assalomu alaykum, qadrli konchilar, hurmatli hamkasblar va aziz hamshaharlar! Sizlarni butun musulmon olamining eng ulug‘ va qutlug‘ ayyomlaridan biri — muborak Qurbon...
O'qish
Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli ko‘mir sanoati xodimlari va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman. Qurbon hayiti xalqimiz hayotid...
O'qish
Ko‘mir sanoatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va yangi investisiya loyihalari yuzasid...
O'qish
"O'zbekko'mir” AJ da “DOLZARB 30 KUN” oyligi davom etmoqda
“Dolzarb 30 kun” oyligi: xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda Yurtimizda joriy yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aho...
O'qish