“Korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo‘laylik!”
Nashr qilingan sana: 16.04.2024 15:56:37
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.
Bugun "Temir yo‘l transporti" filialida "Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatlarni shakllantirishda faol bo‘laylik" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbari E.Amanov boshqarib borgan tadbirda
mehnat shartnomasiga kiritilgan qo‘shimcha kelishuvning mazmun-mohiyati, manfaatlar to‘qnashuvi haqida tushunchalar berilib, pora olish, pora berish va pora olish va berishda vositachilik qilishning ayanchli huquqiy oqibatlari to‘g‘risida ogohlantirildi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelingan taqdirda bu haqida jamiyat rahbariyatiga yoki huquqni muhofaza qilish organlariga bu haqida xabar berish, bunda xabar beruvchining shaxsi sir tutilishi haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

"O‘zbekkomir" AJ "Angren ko‘mir koni" filialida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Bugun erta tongda boshlangan mini-futbol bo‘yicha sport musobaqasi muvaffaqiyatli yakuniga yetdi. “O‘zbekkomir” AJning “Angren ko‘mir koni” filialida konchilar kasb b...
O'qish
Milliy liboslar – millatimiz ko‘rki
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biridir. Ikki yuz...
O'qish
Zamonaviy texnologiyalar ‒ konchilar xizmatida
O‘zbekiston o‘zining geografik joylashuvi tufayli ko‘plab foydali qazilmalar zaxirasiga ega. Biroq, yer osti boyliklarini xavfsiz va samarali o‘zlashtirish uchun mutl...
O'qish
“O‘zbekko‘mir: Temir yo‘l xo‘jaligi ‒ ishonchli tarmoq
Ko‘mir sanoati ishlab chiqarishida hamma narsa o‘zaro bog‘liq. Qazib olish va tashish – bir-biridan ajralmas tushunchalar. “Uzbekko‘mir” AJning “Temiryo‘l transp...
O'qish