Korrupsiyaviy xolatlarning oldini olish mavzusida davra suhbati o'tkazildi
Nashr qilingan sana: 16.11.2023 18:26:31Yaqinlashib kelayotgan 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni oldidan respublikamiz boʻylab aksilkorrupsiya mavzusidagi tadbirlar bo'lib o'tmoqda.
Jumladan bugun 16-noyabr sanasida, "Ko'mirtaminot" MChJning Namangan viloyati filialida "O'zbekko'mir" AJ korrupsiyaga qarshi kurash komplayens nazorat tuzilmasi, viloyat hokimligi masullari, mahalla raislari va hududlardagi ko'mir ombori mudirlari ishtirokida ta'magirlik, pora berish kabi korrupsion harakatlarga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Jamiyat komplayens nazorat xizmati boshligʻi Erkin Amanov kirish soʻzi bilan ochib bergan davra suhbatida korrupsiya dunyoning koʻplab mamlakatlaridagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanishi, u jiddiy ijtimoiy, maʼnaviy, iqtisodiy va siyosiy muammolar keltirib chiqarishi, bu hol davlat organlari faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi alohida tilga olindi. Hozirda sohada kuzatilayotgan ayrim ta'magirlik xolatlariga toʻxtalib oʻtildi.
Xususan, nazorat tadbirlarida “Koʻmir taʼminot” MCHJning Namangan viloyat filiali tasarrufidagi Uchqoʻrgʻon tumani koʻmir ombor mudiri U. N. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga moʻljallangan 623,7 tonna koʻmirlarni talon-toroj qilganligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani taʼkidlandi. Bu kabi qilmishlarga qonuniy jazo muqarrarligi yana bir bor eslatib o'tildi.
Tadbirda ishtirokchilari mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.
https://t.me/uzbekcoaluz
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

"O‘zbekkomir" AJ "Angren ko‘mir koni" filialida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Bugun erta tongda boshlangan mini-futbol bo‘yicha sport musobaqasi muvaffaqiyatli yakuniga yetdi. “O‘zbekkomir” AJning “Angren ko‘mir koni” filialida konchilar kasb b...
O'qish
Milliy liboslar – millatimiz ko‘rki
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biridir. Ikki yuz...
O'qish
Zamonaviy texnologiyalar ‒ konchilar xizmatida
O‘zbekiston o‘zining geografik joylashuvi tufayli ko‘plab foydali qazilmalar zaxirasiga ega. Biroq, yer osti boyliklarini xavfsiz va samarali o‘zlashtirish uchun mutl...
O'qish
“O‘zbekko‘mir: Temir yo‘l xo‘jaligi ‒ ishonchli tarmoq
Ko‘mir sanoati ishlab chiqarishida hamma narsa o‘zaro bog‘liq. Qazib olish va tashish – bir-biridan ajralmas tushunchalar. “Uzbekko‘mir” AJning “Temiryo‘l transp...
O'qish