Media-tur tafsilotlari OAVlarda keng yoritilmoqda
Nashr qilingan sana: 03.06.2024 12:02:25Bugungi kunda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida texnika parkini yangilash tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, respublika bo‘yicha ko‘mirga bo‘lgan talab yildan-yilga ortib bormoqda. Ana shu talabni qondirish va kon ustki qatlamini ochish ishlarini jadallashtirish uchun yangi kon texnikalariga ehtiyoj seziladi. Shu maqsadda 2023-yilda hukumat ko‘magi bilan 77,1 mln dollarlik lizing shartnomalari imzolandi.
Bugungi kunga qadar ushbu shartnomalar asosida Yaponiyada ishlab chiqarilgan 44 ta (yuk ko‘tarish quvvati 90 tn.) “Kamatsu” samosvalining 39 tasi, 6 ta zanjirli buldozer, 2 dona 6 kubometrli avtoyuklagich, uchta “KamAZ”, uchta “UAZ” rusumli avtomashinalar xarid qilindi. Ushbu kon texnikalarining dastlabki partiyasi yig‘ilish, ulardan “Angren” ko‘mir konida keng foydalanilmoqda.
Shu yilning 30 may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga tashkil etilgan media-turda yangi kon-texnikalari namoyish qilindi.
Tadbir tafsilotlari respublika yetakchi OAVlarda keng yoritilmoqda.
👉 https://telegra.ph/Press-tur-zhurnalistlar-yangi-tehnikalar-bilan-tanishdilar-05-30
👉 https://t.me/nurafshontvrasmiy/7579
👉 https://t.me/uzbekcoaluz/13357
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Yong‘in xavfsizligi qoidalari targ‘ib qilinmoqda
Respublikamizda 15-noyabrdan boshlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-...
O'qishDavlat xizmatchisiga tadbirkorlik taqiqlanadi
Shu yilning 6-dekabr kunidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiradi. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyador...
O'qishIste'molchi murojaati joyida ijobiy hal etildi
Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masala...
O'qishRespublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Yon...
O'qish