Oʻzbekiston Qirgʻizistonga koʻmir sanoati sohasida yordam beradi
Nashr qilingan sana: 06.02.2023 12:51:09Imzolangan kelishuvlar ikki mamlakat energetika sohasini rivojlantirish va elektr energiyasi taqchilligini bartaraf etishga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida oʻzbek tomoni qoʻshni respublikaga koʻmir konlarini rivojlantirishda yordam beruvchi kelishuv imzolangan. Bu haqda Qirgʻiziston energetika vazirligi matbuot xizmatiga tayanib Sputnik Oʻzbekiston nashri xabar berdi.
"Qirgʻiziston Respublikasi energetika vaziri Taalaybek Ibrayev va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri Joʻrabek Mirzamaxmudov ikki mamlakat energetika sohasini rivojlantirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi kelishuv va memorandumni imzoladi", - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Uning soʻzlariga koʻra, imzolangan hujjatlar orasida koʻmir sanoati sohasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishuv ham bor.
"Uning asosiy maqsadi Qirgʻiziston Respublikasidagi koʻmir konlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, Qirgʻizistondan Oʻzbekistonga koʻmir eksportini tashkil etish. Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga uskunalar yetkazib berish va koʻmir sifatini tahlil qiluvchi laboratoriya yaratish", - deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlar, shuningdek, gaz va neft sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuv hamda umumiy quvvati 1,8 GVt boʻlgan Chotqol GESlar kaskadi qurilishini amalga oshirish imkoniyatlarini birgalikda oʻrganish boʻyicha memorandumni imzolagan.
Manbaa: https://sputniknews-uz.com/20230201/ozbekiston-qirgizistonga-komir-sanoati-sohasida-yordam-beradi-31885785.html
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Yong‘in xavfsizligi qoidalari targ‘ib qilinmoqda
Respublikamizda 15-noyabrdan boshlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-...
O'qishDavlat xizmatchisiga tadbirkorlik taqiqlanadi
Shu yilning 6-dekabr kunidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiradi. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyador...
O'qishIste'molchi murojaati joyida ijobiy hal etildi
Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masala...
O'qishRespublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Yon...
O'qish