“O‘zbekko‘mir” AJ: 9 oylik yakunlari nimalarni ko‘rsatdi?
Nashr qilingan sana: 17.10.2023 08:34:52“O‘zbekko‘mir” AJ: 9 oylik yakunlari nimalarni ko‘rsatdi?
1. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2023 yilning yanvar- sentyabr oylarida kon ustini ochish ishlari 17,1 mln. kub metr yoki prognozga nisbatan 86,2 foizga bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 127,0 foizni tashkil qildi.
2. Ko‘mir qazib chiqarish 4 mln. 217,6 ming tonna yoki prognozga nisbatan 104,3 foizga teng bo‘ldi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,0 foizni tashkil etdi.
3. Iste’molchilarga 3 mln. 775,5 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi, prognozga nisbatan 112,2 foiz (3 365,2 ming tonna) bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 98,8 foizni tashkil etdi.
4. Hisobot davrida amaldagi narxlarda 1 059,6 mlrd. so‘mlik, taqqoslama narxlarda 944,6 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi (rejaga nisbatan 104,3 foiz) O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,4 foizni tashkil etdi.
5. Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. To‘qqiz oyda 4,1 mlrd. so‘mlik tog‘-kon uskunalari ehtiyot qismlari va yer osti uskunalari o‘zlashtirildi va belgilangan reja nisbatan 106,9 foizga uddalandi.
6. Debitorlik qarzdorlik 457,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati (o‘tgan yilning mos davri 405,6 mlrd.so‘m) 112,9 foizni tashkil qildi.
7. Kreditorlik qarzdorlik 254,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati (o‘tgan yilning mos davri 344,1 mlrd. so‘m) 74,0 foizga teng bo‘ldi.
KO‘MIR TA’MINOTI BO‘YICHA:
Joriy 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika aholisi va byudjet tashkilotlariga jami 1 mln 745,9 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilgan, shundan aholi uchun 1 mln 220,6 ming tonna, byudjetga 316,3 ming tonna DXSH tadbirkorlari uchun 188,5 ming tonna ajratilgan.
Joriy yilning 17 oktyabr holatiga aholi iste’molchilariga 457,2 ming tonna (rejaga nisbatan 37 %), byudjet tashkilotlariga 316,9 ming tonna (shartnomalarga nisbatan 100 %), DXSH tadbirkorlariga 176,4 ming tonna (shartnomalarga nisbatan 94 %) ko‘mir mahsuloti tarqatildi.
Ayni kunlarda “Ko‘mir ta’minot” MCHJga qarashli 89 ta hududiy ko‘mir ombori va 13 ta shaxobcha faoliyat ko‘rsatmoqda. Aholi va byudjet tashkilotlariga mo‘ljallangan mahalliy ko‘mir ana shu ombor va shaxobchalar orqali tarqatilmoqda.
Ko‘mir tarqatish ishlari MFYlar tomonidan berilgan ro‘yxat va mahalliy hokimliklar tasdiqlagan jadval asosida yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2022 yil 26 iyuldagi tasdiqlangan kelishuv bayonnomasiga asosan aholi uchun 1 tonna ko‘mir – 300,300 so‘mdan, byudjet tashkilotlari uchun 1 tonna ko‘mir – 418,245 so‘mdan yetkazib berilmoqda.
Ne’mat Dushayev,
“O‘zbekko‘mir” AJ matbuot kotibi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

O‘quv markazi – milliy liboslar bilan
Milliy liboslar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi O‘quv markazi jamoasi ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va bugungi ish kun...
O'qish
Energiya samaradorligi – strategik vazifa
“O‘zbekko‘mir” AJda energiya resurslarini tejash va yo‘qotishlarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Jamiyat bosh direktori o‘rinbosar...
O'qish
Xodimlar fikri: halollik, adolat va korrupsiyaga munosabat – raqamlarda
“O‘zbekko‘mir” AJning https://t.me/uzbekcoaluz Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali 2025-yil 15-19-iyul kunlari o‘tkazilgan anonim so‘rovnomada ishtirok etgan xodimlar:...
O'qish
Jamiyatda halollikni ta’minlash – barchamizning burchimiz!
Korrupsiya masalasi dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammolardan biridir. Bu muammo har qanday davlat va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy...
O'qish