“O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisining tabrigi
Nashr qilingan sana: 09.04.2024 23:51:36Aziz va muhtaram konchilar, hurmatli kasaba uyushmalari faollari!
Bugun butun islom olamida ulugʻ bayram – Ramazon hayiti! Qalblarimiz quvonch va ezgulik nuriga toʻlib turgan ushbu saodatli damlarda avvalo mana shunday qutlugʻ va munavvar kunlarga el-yurtimiz bilan birgalikda sogʻ-omon yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.
Hayit – musulmonlarning shod-xurramlik, koʻngil olish, mehr-oqibat, xayr-saxovat koʻrsatish, bir-birlari bilan diydorlashuv bayramlaridan biridir. Ushbu ayyomning maʼnaviy hayotimizda ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat kabi olijanob qadriyatlarni qaror toptirishdagi oʻrni va ahamiyati beqiyos.
Fursatdan foydalanib barchangizni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin. Konchilik sohasidagi mashaqqatli va sharafli ishlaringizda omad va muvaffaqiyatlar tilayman.
Абдуносир Қаюмов,
“Ўзбеккўмир” АЖ Бирлашган касаба уюшма қўмитаси раиси
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yangi g‘oyalar – yangi yutuqlarning boshlanishidir!
#Eng_yaxshi_ixtirochi_tanlovi_haqida_suhbat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyas...
O'qish
“Yoshlar oyligi” doirasida qiziqarli sport musobaqalar
2-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilayotgan sport musobaqalariga start berildi. 2-iyun kuni sportning v...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: Tiklanish va taraqqiyot yillari
Xorij matbuoti O‘zbekistonning boy foydali qazilmalari haqida ma’lumot bermoqda. Toshkent viloyatida joylashgan Angren ko‘mir havzasida nafaqat qo‘ng‘ir, balki kulrang va...
O'qish
Ko‘mir ‒ sanoatni harakatlantiruvchi kuch
«O‘zbekko‘mir» AJ qo‘ng‘ir ko‘mir qazib olish va mahalliy iste’molchilarga yetkazib berish borasida yaxshi natijalarga erishmoqda. 2024-yilda Jamiyat tomonidan 6,7 mln to...
O'qish