Qor: konchilarning mashaqqatli ish kuni
Nashr qilingan sana: 14.03.2024 20:34:20
Odatda har yili shu kunlarda o‘rik gullaydi. Bu gal – qor! Bunday paytda ochiq havoda ishlovchilarga oson emas. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning korxonalarida ish bir maromda davom etmoqda.
– Bugun qor yog‘ishini bilardik. Ammo oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘yilgani uchun ishlab chiqarishda uzilishlar kuzatilayotgani yo‘q, – deydi suhbatdoshimiz Sherzod Turg‘unov. – To‘g‘ri, qor-yomg‘ir faoliyatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Konchilarimizga rahmat, qiyinchiliklarga qaramay ko‘mir qazib olish va yuklashda fidoyilik ko‘rsatishayapti.
Sherzodjon Turg‘unov “Angren ko‘mir koni” filialida bosh muhandis. U mashhur konchi farzandi. O‘zi ham sohada katta tajriba to‘plagan, sharoitni ham yaxshi tushunadi. Shu bois noqulay ob-havo sharoitida ishni omilkorlik bilan tashkil etmoqda. Birinchi navbatda asosiy ekskavator va avtosamosvallar harakati uchun sharoit yaratilyapti, ularning yo‘llari ta’mirlanmoqda.Xullas, qor uchqunlab turgan ayni izg‘irinli damlarda ham ish ketmoqda: kon ustki qismi ochilib, ko‘mir qazilayapti, tayyor mahsulot iste’molchilarga yuklab jo‘natishda davom etmoqda.
Konga 22 ta “Komatsu” zamonaviy avtosamosvallar keltirilgan edi. Sh.Turg‘unov shular haqida ham to‘xtaldi. Ushbu zamonaviy kon texnikalarining hozirgacha 12 tasi yig‘ilib, ishlab chiqarishga topshirildi va 9 tasi “obkatka”dan o‘tdi. Hozir shularning uchtasi ishlayapti. Qolganlarining kamchiligi bor. Yonilg‘i-moylash materiallari ham tanqislik savjud. Bu hol kon ochish ishlarini rejada olib borishga halal bermoqda. Shunga qaramay konchilar bo‘sh kelishmayapti, deydi suhbatdoshimiz.
Qor-yomg‘irli ayni damlarda Anvar Haytmatova boshliq 1- va Farhod Abdiyev boshliq 2-bo‘lim jamoasining shijoati tahsinga sazovor. Kezi kelganda, Sh.Turg‘unov boshqa bo‘limlar xodimlarining mashaqqatli mehnatini ham alohida e’tirof etib o‘tdi. Mashaqqatli mehnat e’tirofiga ne yetsin!
Tezkor ma’lumotlar bo‘yicha kecha sutka davomida konda 8,8 ming tonna o‘rniga 18 ming tonnadan ziyodroq ko‘mir qazib olindi. “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 8,6 ming tonna o‘rniga 10,6 ming tonna mahsulot yuklab yuborildi.
Ofarin, konchilar!
***
Kun sovuq bo‘lishiga qaramay, jamiyatning boshqa filiallarida ham ish davom etmoqda. “Temir yo‘l transporti” filialida bugun ertalab maxsus o‘quv-taktik mashg‘ulot o‘tkazildi.
Bu haqida Xojiakbar Jumaboyevdan intervyu oldik. Xojiakbar ilgari shu filialda smeta ishlari bo‘yicha muhandis edi. Mana, 5 oydirki, fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha muhandis.
Mashulotda filialdagi mavjud 8 fuqaro muhofazasi tuzilmasining shaxsiy tarkibi ishtirok etdi va tayyorgarligini navbatdagi sinovdan o‘tkazdi.
– Mashg‘ulot chog‘i ob-havoning qandayligi bizda rol o‘ynamaydi. Zero, qutqaruvchilar favqulodda vaziyatlarda qor-yomg‘irga qarab o‘tirmadi. Aksincha, qor yoqqani mashg‘ulotning saviyasini yanada oshirdi, – deydi Xojiakbar.
***
Bugun, Personallarni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Madina Umarova hamda uning hamkasblariga tinim bo‘lmadi: jamiyat ijro apparatida qabul komissiyasining har hafta payshanba kuniga mo‘ljallangan yig‘ilishining navbatdagisi o‘tkazildi.
Komissiya ishida Angren shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan yuborilgan 13 nafar nomzod va ko‘mir konlariga keltirilgan “Komatsu” avtosamosvallari haydovchiligiga talabgorlar bilan suhbat o‘tkazildi.
Ne’mat Dushayev,
“O‘zbekko‘mir" AJ matbuot kotibi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Yong‘in xavfsizligi qoidalari targ‘ib qilinmoqda
Respublikamizda 15-noyabrdan boshlangan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-...
O'qishDavlat xizmatchisiga tadbirkorlik taqiqlanadi
Shu yilning 6-dekabr kunidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiradi. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyador...
O'qishIste'molchi murojaati joyida ijobiy hal etildi
Aholi iste’molchilariga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonida fuqarolardan tushayotgan takliflar ham inobatga olinib, ular tomonidan kiritilayotgan muammoli masala...
O'qishRespublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-oktabrdagi 2-son bayoniga asosan joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Respublikamiz hududida “Yon...
O'qish