Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin, aziz konchilar!
Nashr qilingan sana: 15.06.2024 13:38:22

Hurmatli ko‘mir sanoati xodimlari, aziz hamkasblar!
Barchangizni Islom olamining muqaddas bayrami ‒ Qurbon hayiti bilan tabriklashga ijozat bergaysiz.
Ushbu ayyom o‘zida mehr-shafqat, adolat, tinchlik va bag‘rikenglikni mujassam etgani bilan barcha mo‘min-musulmonlar va birodar xalqlar uchun qadrlidir. Tilagim, ezgu amallaringizni Alloh yorlaqasin. Orzu-umidlaringiz ro‘yobga chiqsin. Qodir Tangri sizga hamisha kuch va muvaffaqiyat, bukilmas iroda, xonadoningizga tinchlik va farovonlik ato etsin!
Siz konchilar bajarayotgan mehnat, amalga oshirayotgan ish o‘ta mashaqqatli va sharaflidir. Kasbingizga bo‘lgan muhabbat, mehnatsevarlik va sog‘lik hayotda va ishda sizning doimiy hamrohingizga aylansin. Mashaqqatli va jo‘shqin mehnatingiz uchun tashakkurlar aytamiz.
Barchangizni Qurbon hayti bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Bayram sizga, oilangizga quvonch keltirsin!
V.V.Kuznetsov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Rasmiy munosabat: Paxtaobod ko‘mir ombori faoliyati tiklanadi
Ijtimoiy tarmoqlarda Paxtaobod ko‘mir omborining temir yo‘l qismi go‘yo sun’iy ravishda yaroqsiz holatga keltirilib, faoliyati to‘xtatilgani hamda aholi uchun mo‘ljallang...
O'qish
Mehnatni qadrlash va huquqni himoya qilish kuni
Hurmatli hamkasblar va faol kasaba uyushma a’zolari! Sizlarni Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni** bilan...
O'qish
Rasmiy munosabat: Namangan ko‘mir ombori bo‘yicha
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahri aholisini ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash hamda arzonlashtirilgan mahalliy ko‘mirni yetkazib berish jarayonida transport xarajatlar...
O'qish
Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi
11‑noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Qurilish-m...
O'qish