Resurslar boshqaruvida shaffoflik: O‘zbekiston ko‘mir sanoatidagi islohotlar
Nashr qilingan sana: 02.03.2026 10:06:53
Korrupsiya jamiyatni ich-ichidan yemiradigan, adolat tamoyillariga, ijtimoiy ishonchga va barqaror iqtisodiy taraqqiyotga jiddiy tahdid soladigan eng xavfli illatlardan biri hisoblanadi. U mehnat, bilim va qonuniy raqobat o‘rniga shaxsiy manfaat, tanish-bilishchilik va soya iqtisodiyotini ustun qo‘yib, davlat boshqaruvi samaradorligiga putur yetkazadi. Shu bois O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash masalasi davlat siyosati darajasida uzluksiz e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda va bu yo‘nalishda izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘-yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etish to‘g‘risida” 2025-yil 21-aprelda qabul qilingan Farmoni hamda davlat organlari va tashkilotlarida ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlashga doir qarori mazkur sohadagi islohotlar uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shuningdek, davlat rahbarining 2025-yil 26-dekabrda Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi kurashni yanada qat’iylashtirish zarurligi alohida ta’kidlanib, 2026-yil ushbu yo‘nalishda hal qiluvchi yil sifatida belgilangani barcha sohalar, ayniqsa yirik davlat korxonalari oldiga yuksak mas’uliyat yuklaydi.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati respublikada ko‘mir qazib olish va uni iste’molchilarga yetkazib berish sohasida yirik va strategik ahamiyatga ega korxona hisoblanadi. Jamiyat tarkibida 12 ta filial faoliyat yuritib, ularda qariyb 5,9 ming nafar xodim mehnat qiladi. Bunday keng ishlab chiqarish tuzilmasi, hududiy qamrov va ko‘p sonli inson resursi mavjud bo‘lgan sharoitda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni inkor etib bo‘lmaydi. Shu bois jamiyatda bu illatga qarshi kurash epizodik choralar bilan cheklanib qolmasdan, tizimli, institusional va uzoq muddatli mexanizmlar asosida olib borilmoqda.
So‘nggi yillarda jamiyatda korrup-siyaga qarshi ichki nazorat va komplayens tizimini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, ichki me’yoriy-huquqiy baza qayta ko‘rib chiqilib, 2024-yil yakunlariga ko‘ra o‘n oltita ichki hujjat yangilandi va qo‘shimcha tartib-taomillar joriy etildi. Barcha filiallarda komplayens-nazorat bo‘yicha maxsus lavozimlar tashkil etilib, joylarda nazoratning ta’sirchanligi oshirildi. Prezidentimizning 2025-yil 21-apreldagi qarorini ijro etish doirasida ichki nazorat tuzilmalari faoliyati qayta tashkil qilinib, ularning mustaqilligi va javobgarligi kuchaytirildi.
Jamiyatda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga alohida ahamiyat qara-tilmoqda. 2025-yil davomida barcha xodimlar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha deklaratsiyalar to‘ldirilib, ular kompleks tahlil qilindi. Natijada qator ehtimoliy to‘qnashuv holatlari aniqlanib, ularning katta qismi barvaqt bartaraf etildi, ayrim holatlar bo‘yicha esa tegishli tashkiliy va intizomiy choralar ko‘rildi. Qonun talablariga zid holatlar yuzasidan materiallar Odob-axloq komissiyasiga kiritilib, huquqiy baholar berildi.
Komplayens-nazorat doirasida ja-miyat markaziy apparati va filiallar faoliyatidagi asosiy funksiyalar korrup-siyaviy xavf-xatarlar nuqtai nazaridan baholandi. O‘rganish natijalari milliy elektron platformalarga joylashtirilib, ayrim yo‘nalishlarda xavf darajasi yuqori ekani aniqlandi va ular bo‘yicha alohida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Shu bilan birga, molmulk, xomashyo va texnik vositalarni hisobga olish va muhofaza qilish jarayonlari kuchaytirilib, raqamli hisobot va monitoring amaliyoti joriy etildi.
Shartnomaviy munosabatlarda ham ochiqlik va shaffoflikka ustuvor ahamiyat berilmoqda. 2025-yilda tuzilgan barcha mehnat va xo‘jalik shartnomalari komplayens-nazoratdan o‘tkazilib, ularga korrupsiyaga qarshi maxsus qoidalar kiritildi. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar xolislik va qonuniylik tamoyillari asosida ko‘rib chiqildi. Ayrim holatlarda xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, yetkazilgan moddiy zararlar undirildi va qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘ygan shaxslar ja-vobgarlikka tortildi.
Bunda korrupsiyaga qarshi kurash faqat nazorat va jazo choralari bilan cheklanib qolmasdan, profilaktika va ma’rifat ishlari bilan uyg‘un tarzda olib borilmoqda. Xodimlar uchun o‘quv kurslari, seminarlar va treninglar tashkil etilib, halol mehnat, qonunga itoat etish va kasbiy mas’uliyat tamoyillari izchil targ‘ib qilinmoqda.
Umuman olganda, “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatida bel-gilangan ustuvor vazifalar bilan uyg‘un holda, xalqaro amaliyot va zamonaviy komplayens yondashuvlari asosida amalga oshirilmoqda. Ochiqlik, shaffoflik va javobgarlik muhitini shakllantirish orqali jamiyat barqaror taraqqiyot, samarali boshqaruv va jamoatchilik ishonchini mustahkamlashga qaratilgan islohotlarni izchil davom ettirmoqda. Korrupsiyaga murosasiz munosabat iqtisodiy barqarorlik, institusional rivojlanish va ijtimoiy adolatning eng muhim kafolati hisoblanadi.
Oybek ISMAILOV,
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh
direktorining birinchi o‘rinbosari
“O‘zbekko‘mir” gazetasining 2026-yil 28-fevraldagi 2 (104)-soni
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir tarmogʻida tejamkor energiya – 2025-yil natijalari
Bugun ko‘mir sanoati faqat qazib olish hajmlari bilan emas, balki energiyadan qay darajada samarali foydalanilayotgani bilan ham baholanmoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda “ya...
O'qish
“O‘zbekko‘‘mir” 2025-yil natijalari: Innovatsiya, shaffoflik va samaradorlik
2025-yil “O‘zbekko‘mir” aksionerlik jamiyati uchun o‘ta samarali va innovatsiyalarga boy yil bo‘ldi. Jamiyatda konchilik sohasidagi ishlab chiqarish, ko‘mir yetkazib...
O'qish
Hamkorlik – ilmiy yechimlar sari muhim qadam
2026-yil 26-fevral kuni “O‘zbekko‘mir” AJ katta faollar zalida jamiyat mutaxassislari hamda NITU MISiS professor-o‘qituvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur t...
O'qish