“Shuhrat” medali – fidoyi mehnat e’tirofi
Nashr qilingan sana: 07.04.2026 16:39:36.jpg)
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” 2026-yil 4-apreldagi Farmoniga ko‘ra bir guruh yurtdoshlarimiz Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan edi. Taqdirlanganlar orasida “O‘zbekko‘mir” AJ “Avtomobil va texnologik transporti” filiali og‘ir yuk mashinasi haydovchisi Zayirov Ilhom Matazimovich ham bor. U ko‘p yillik samarali mehnati, o‘z kasbiga sadoqati va yuksak mas’uliyati uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
6-aprel kuni jamiyat ijro apparatida mazkur mukofotni topshirish marosimi tantanali ruhda o‘tkazildi.
Jamiyat bosh direktori N.U. Dusmatov Ilhom Zayirovning ko‘ksiga “Shuhrat” medalini taqib qo‘yar ekan, yurtimizda halol va sidqidildan mehnat qilgan inson, albatta, bir kun kelib munosib e’tirofga sazovor bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu mukofot nafaqat bir insonning, balki barcha konchilar mehnatiga berilgan yuksak baho ekanini alohida qayd etdi.
Tadbirda Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A. Qayumov, “Avtomobil va texnologik transporti” filiali rahbari Q. Kusainov hamda boshqalar so‘zga chiqib, mukofot sohibini muborakbod etdilar.
Ma’lumot o‘rnida, Ilhom Zayirov 1980 yilda Angren shahrida tug‘ilgan. U shahardagi 23-maktabni tamomlagach, DOSAAF tizimida haydovchilik kasbini egallagan. Harbiy xizmatni o‘tab qaytgach, “Avtomobil va texnologik transporti” filialida mehnat faoliyatini boshlagan.
Faoliyatining ilk yilida avtochilangar sifatida ishlab, so‘ngra 30 tonnalik “BelAZ” samosvalida shogird bo‘lib tajriba orttirgan. U bir yil davomida tajribali ustoz Ahad Hatamboyevdan kasb sirlarini o‘rganib, keyinchalik mustaqil faoliyat yurita boshlagan.
Bugungi kunda Ilhom Zayirov 23 yillik tajribaga ega malakali haydovchi sifatida 90 tonnalik “BelAZ” yuk mashinasini boshqarib kelmoqda. U ko‘mir va tog‘ jinslarini tashishda o‘zining yuqori mas’uliyati va puxta mahorati bilan ajralib turadi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir sanoati xodimlari mehnatining yuksak e’tirofi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi Vatanimizning...
O'qish
Har bir murojaat nazoratda bo‘ladi
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining...
O'qish
“Yashil makon”: rahbar va yoshlar bir maydonda ko‘chat ekdi
Haftaning har payshanbasi rahbar va yoshlar kuni sifatida belgilangan bo‘lib, galdagi uchrashuv “Yashil makon” umummilliy eko harakati doirasida o‘tkazildi. “O‘zbekko‘...
O'qish