Vatan himoyachilariga bagʻishlangan bayram tadbiri
Nashr qilingan sana: 12.01.2024 10:28:58“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari" kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Yurtimizda Vatan himoyasidek ulugʻ ishga oʻzini bagʻishlagan harbiylarimiz katta hurmat va eʼzoz bilan qadrlanib, har yili “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” katta bayram va shodiyona bilan oʻtkaziladi.
Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Abdunodir Nosirov tadbirni kirish soʻzi bilan ochib berar ekan, Vatanni himoya qilish barcha uchun muqaddas burch ekanligini, bu burchni ado etishda yurtimizning himoyachilari boʻlgan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari, qolaversa yurt tinchligi va ravnaqi yoʻlida jonbozli koʻrsatib mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz va qatori konchilarning ham hissasi beqiyos ekanligini taʼkidladi.
Tadbirda siyosiy sharhlovchi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Qobilbekov, “energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari” filiali rahbari Erkin Ergashev, “Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi” filiallari rahbari Toʻlqin Abdujalilov, Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Angren shahar boʻlim raisi Ahmatali Umrzoqovlar soʻzga chiqib yigʻilganlarni bayram bilan qizgʻin muborakbod etdilar.
Koʻmir sanoati sohasi faxriylari, ilgʻor konchilar va sobiq-baynalmilal jangchilarning katta guruhiga esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonanda Iroda Olloyorova ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar barchaga bayramona koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJda kompaniyalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ Markaziy dispetcherlik punktida Power Equipment va HD Construction Equipment kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida...
O'qish
"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish